“Toshkentda fuqaro Ichki ishlar xodimlariga pichoq bilan hujum qildi” izohi bilan tarqalgan video xabarlar yuzasidan 

“Toshkentda fuqaro Ichki ishlar xodimlariga pichoq bilan hujum qildi” izohi bilan tarqalgan video xabarlar yuzasidan 

IIBB Axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda ““Gʻisht koʻprik” bojxona posti oldida fuqaro Ichki ishlar xodimlariga pichoq bilan hujum qildi” deya izohlangan video xabarlar tarqalib, jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab boʻldi.

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi, mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Joriy yilning 7-iyul kuni, Toshkent tumani hududi, “Gʻisht koʻprik” bojxona posti oldida, Sirdaryo viloyatida yashovchi 1965-yilda tugʻilgan fuqaro, hech bir sababsiz, yoʻl yoqasidan harakatlanib ketayotgan, oʻziga begona boʻlgan 40 yoshli fuqaroning qorin qismiga, yonida boʻlgan pichoq bilan toʻsatdan zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

Voqea sodir boʻlgan zahoti, hududda xizmat olib borayotgan Toshkent viloyati IIBB PPX xodimlari ushbu shaxsning oldiga borib, undan zudlik bilan harakatlarini toʻxtatishni talab qilganlarida, fuqaro xodimlarga va atrofdagi boshqa fuqarolarga ham qoʻlidagi pichoq bilan tashlanib, tahdid qiladi.

IIBB Axborot xizmati

Shundan so'ng xodimlar ushbu shaxsni, atrofdagi boshqa fuqarolarga ham shikast yetkazishini oldini olish maqsadida, xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan maxsus rezina tayogʻini ishlatib, jismoniy kuch qoʻllagan holda fuqaro Sh.E.ni qoʻlga olishgan va zararsizlantirilgan. Jarohatlangan fuqaro xodimlar tomonidan tezlik bilan shifoxonaga olib borilgan.

IIBB Axborot xizmati

Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi fuqaroning ruhiy holati yuzasidan psixologik ekspertiza tayinlangan.

Toshkent viloyati IIBB
Axborot xizmati



Report Page