Toshkentda Prezident sovrini uchun Xalqaro shaxmat turniri oʻtkaziladi

Toshkentda Prezident sovrini uchun Xalqaro shaxmat turniri oʻtkaziladi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida 2021-yildan boshlab har yili anʼanaviy tarzda Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirini oʻtkazish belgilangan.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahrida 2021-yil 10-noyabrdan 19-noyabrga qadar “Prezident kubogi” xalqaro shaxmat turniri oʻtkaziladi. Unda dunyoning 10dan ortiq mamlakatidan malakali grossmeystrlar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqa reglamentiga koʻra, 11-noyabr kuni blis turnir oʻtkazilsa, 13, 14 va 16-noyabr kunlari ishtirokchilar ikkitadan turda gʻoliblik uchun oʻzaro dona surishlari belgilangan.

“Prezident kubogi” xalqaro shaxmat turnirida 2021-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, FIDE reytingi (standart) 1 800 ball va undan yuqori boʻlgan erkaklar hamda FIDE reytingi 1 600 va undan yuqori boʻlgan ayollar ishtirok etishi mumkin.

Musobaqaning umumiy sovrin jamgʻarmasi 120 000 AQSH dollarini tashkil etadi va bu Oʻzbekiston tarixida eng yuqori sovrin jamgʻarmsiga ega shaxmat turniri sifatida tarixga kiradi.

“Prezident kubogi” xalqaro shaxmat turnirida quyidagi taniqli shaxmatchilar, xalqaro grossmeysterlar ishtirok etish istagini bildirishgan:

1) Syugirov Sanan (Rossiya)

2) Ponkratov Pavel (Rossiya)

3) Qosimjonov Rustam (Oʻzbekiston)

4) Sargsyan Shant (Armaniston)

5) Niyemann Hans (AQSH)

6) Koballia Mixail (Rossiya)

7) Gayemmagami Ehsjn (Eron)

8) Moisenko Oleksandr (Ukraina)

9) Sitnikov Anton (Ukraina)

10) Dmitrenko Viktor (Ukraina)

11) Zarubiski Viachaslau (Belarus)

12) Mishchuk Dmitro (Ukraina)

13) Zvyaginsev Vadim (Rossiya)

14) Matlakov Maksim (Rossiya)

15) Chigayev Maksim (Rossiya)

Shuningdek, musobaqaga quyidagi xalqaro hakamlar ham taklif etilgan:

1) Rajai Alsusi (Falastin)

2) Kriukov Mixail (Rossiya)

3) Poley Vladimir (Belarus)

4) Vardapetyan Ashot (Armaniston)

5) Yunusov Ilhom (Tojikiston)


Report Page