Toshkentda A.S.Pushkin nomi yod olinmoqda

Toshkentda A.S.Pushkin nomi yod olinmoqda

https://t.me/natlibuz

2023-yil 21-sentyabr kuni Bokuda Ozarbayjon Milliy kutubxonasining 100 yilligini nishonlash doirasida "Evroosiyo kutubxonalari Assambleyasi" notijorat sheriklik a'zolarining XXVII umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Ishtirokchilar bir ovozdan 2024 yilda BAE ga a'zo kutubxonalarda A. S. Pushkinga bag‘ishlangan "Biblionoch'" maxsus aksiyasini o‘tkazishga qaror qilishdi. Joriy yilning 19-20-oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasidagi Rossotrudnichestvo tashkiloti taklifiga binoan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkentdagi rus uyida Rossiya Madaniyat vazirligi ko‘magida shtkazilgan buyuk rus shoiri A. S. Pushkin ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etdi. Xalqaro aloqalar tashkiloti xizmati bosh mutaxassisi M. Muratova o‘z chiqishida “o‘zbek adabiyotini buyuk Alisher Navoiysiz tasavvur qilib bo‘lmagani kabi, rus adabiyoti haqida gapirganda Pushkin dahosi haqida gapirmaslikning iloji yo‘q”. U tinglovchilarga kutubxona fondlarida saqlanayotgan Pushkinning o‘lmas asarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalari haqida ma'lumot berdi.

Tadbir davomida Rossiya Pushkin muzeyining "A. S. Pushkin ertaklari" ko‘rgazmasi tashkil etildi.










Report Page