Toshkent viloyatida “Katibatul tavxid val Jihod” terroristik tashkilotning 8 nafar aʼzosi qoʻlga olindi

Toshkent viloyatida “Katibatul tavxid val Jihod” terroristik tashkilotning 8 nafar aʼzosi qoʻlga olindi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan, Toshkent viloyati hududida diniy muhitni sogʻlomlashtirishga qaratilgan hamkorlikdagi tezkor profilaktik tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Jumladan, viloyatning Toshkent tumanida oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida “Katibatul tavxid val Jihod” terroristik tashkilotning gʻoyaviy taʼsiriga tushib, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlab kelgan 8 nafar aʼzosi qoʻlga olingan.

Maʼlum boʻlishicha, ular 22-25 yoshlardagi shaxslar boʻlib, oʻzaro kelishgan holda, kelgusida Suriya davlatiga chiqib “Katibatul tavxid val Jihod” terroristik tashkiloti jangarilari safiga qoʻshilishni reja qilganlar.

Hozirda holat yuzasidan qoʻshimcha surushtiruv, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hurmatli fuqarolar, oʻzingiz va yaqinlaringizni oʻzingiz asrang. Ogoh boʻling.

IIBB Axborot xizmati




Report Page