Toshkent viloyatida 2022-yil yanvar-oktabr oylarida mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot

Toshkent viloyatida 2022-yil yanvar-oktabr oylarida mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot

EconomyPress

1. Ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish:

Mahallalarda 203 ming 314 ta ish o‘rni yaratildi. Jumladan, 108 ming 686 ta doimiy ish o‘rinlari, 16 ming 689 ta yakka tartibdagi tadbirkorlikka yo‘naltirish, 61 ming 765 ta o‘zini o‘zi band qilish orqali, 11 ming 081 ta haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, 5 ming 483 ta yuridik shaxs tashkil etgan holda tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali ish o‘rinlari yaratildi.

Misol uchun, Quyi Chirchiq tumani “Paxtazor” MFY hokim yordamchisi tomonidan 91 nafar fuqaro doimiy ish bilan band qilindi. Xususan, 9 nafari “ASIA MILK BЕST” MCHJ qoramol fermasiga ishga joylashtirilishi hisobiga, 72 nafari “TCT AGRO CLUSTER” MCHJ korxonasiga, 10 nafari boshqa ishlab chiqarish korxonalariga ishga joylashtirilishi hisobiga bandligi ta’minlandi.

Bekobod shahar “Buloq-ariq” MFY hokim yordamchisi tomonidan 160 nafar fuqaro doimiy ish bilan band qilindi. Shundan, 82 nafar fuqaro korxonalar va davlat muassasalariga ishga joylashtirildi, 78 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlandi.

       2. Kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish:

       1-oktabr holatiga viloyat bo‘yicha 23 ming 675 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi. Jumladan, 7 ming 348 nafari Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, 2 ming 057 nafari Nodavlat ta’lim tashkilotlari, 630 nafari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, 11 ming 961 nafari Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, 1 ming 679 nafari Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan o‘qitildi.

Ma’lumot uchun, Quyi Chirchiq tumani “Oydinobod” MFY hokim yordamchisi tomonidan 20 nafar yoshlar va xotin-qizlarni “Ishga marhamat” Mono markazida yo‘llanma asosida o‘qitilib, ularning bandligi ta’minlandi. Bugungi kunda yoshlar va xotin-qizlar 10 dan ortiq mutaxassisliklarga o‘qitilmoqda.

Chinoz tumani “Tillaobod” MFY hokim yordamchisi tomonidan 18 nafar yoshlar va xotin-qizlar “Ishga marhamat” Mono markazida yo‘llanma asosida o‘qitildi. Bugungi kunda yoshlar va xotin-qizlar 5 dan ortiq mutaxassisliklarga o‘qitilmoqda.

 3. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash:

Viloyatda joriy yil 1-noyabr holatiga 16 ming 689 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik, 5 ming 483 ta yuridik shaxs tashkil etgan holda yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.

Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 20 ming 563 ta loyihaga 535,8 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Misol uchun, Quyi Chirchiq tumani “Ko‘ksaroy” MFYda joylashgan “STAR FUTURE BEST” MCHJ tomonidan 31 ta oilaga kooperatsiya asosida tovuq jo‘jasini yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, har bir xonadonga o‘rtacha hisobda 200 tadan 300 tagacha 90 kunlik tovuq jo‘jalari yetkazib beriladi.

Jo‘jalarni boqish uchun korxona tomonidan barcha kerakli vaksinalar bepul berilib, xonadon egalari tomonidan o‘rtacha bir oy mobaynida har bir tovuqdan 22-25 dona tovuq tuxumi olish rejalashtirilgan hamda ushbu mahsulotlar korxona tomonidan sotib olinadi. Natijada, xonadon egalarining o‘zini o‘zi band qilinishiga va o‘rtacha hisobda 30 kunda 1,4 mln so‘m miqdorida daromad olishiga erishiladi.

 4. Tomorqadan samarali foydalanish:

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 315 ta oilaga 11,2 mlrd so‘mlik qoramol uchun, 6 ming 677 ta oilaga 187,5 mlrd so‘mlik qo‘y-echki uchun, 570 ta xonadonga 11,9 mlrd so‘mlik parranda uchun, 1 ming 316 ta xonadonga 35,4 mlrd so‘mlik ixcham issiqxona uchun, 343 ta oilaga 6 mlrd so‘mlik bog‘dorchilikni tashkil etish uchun, 443 ta oilaga 12,1 mlrd so‘mlik asalarichilikni tashkil etish uchun, 96 ta oilaga 2,5 mlrd so‘mlik quyonchilik uchun imtiyozli kreditlar berildi.

Misol uchun, Quyi Chirchiq tumani “Mevazor” MFY hokim yordamchisi tomonidan “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida issiqxonalarda ko‘katchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda mahalladagi 151 ta xonadonda issiqxonalar mavjud bo‘lib, shundan ko‘katchilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan xonadonlar 128 tani tashkil qiladi.

 5. Kredit va subsidiyalar ajratish:

Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida “Onlayn mahalla” platformasi orqali jami qiymati 1 569,2 mlrd so‘m bo‘lgan 48 ming 423 ta loyiha uchun arizalar kelib tushgan.

Shundan hokim yordamchilari tomonidan 659,8 mlrd so‘m bo‘lgan                24 ming 839 ta loyihaga ijobiy tavsiyanomalar berilgan hamda 20 ming 563 ta loyihaga 535,8 mlrd so‘m kreditlar ajratilgan.

Xususan, qo‘ychilikni tashkil qilish uchun 6 ming 677 ta (187,5 mlrd so‘m), ishlab chiqarishga 2 ming 100 ta (62,3 mlrd so‘m), tikuvchilikka 3 ming 598 ta (46,8 mlrd so‘m), xizmat ko‘rsatishga 4 ming 567 ta (128,2 mlrd so‘m), issiqxonaga 1 ming 316 ta (35,4 mlrd so‘m), qoramolga 315 ta (11,2 mlrd so‘m), parrandachilikka 570 ta (11,9 mlrd so‘m), asalarichilikka 443 ta (12,1 mlrd so‘m), baliqchilikka 215 ta (9,2 mlrd so‘m), bog‘dorchilikka 343 ta (6 mlrd so‘m), quyonchilikka 96 ta (2,5 mlrd so‘m), boshqa yo‘nalishlarga 323 ta (8,6 mlrd so‘m) kredit ajratildi.

Misol uchun, Quyi Chirchiq tumani “Paxtazor” MFY hokim yordamchisi tomonidan 2 nafar fuqaroga asalarichilik faoliyatini tashkil etish uchun 65,0 mln so‘m, 9 nafar fuqaroga issiqxonachilik faoliyatini tashkil etish uchun 259,0 mln so‘m, 10 nafar fuqaroga tikuvchilik faoliyatini tashkil etish uchun 296,1 mln so‘m, 4 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 129,0 mln so‘m, 55 nafar fuqaroga qo‘ychilik yo‘nalishida 1 550,0 mln so‘m kreditlar ajratildi hamda 80 nafar fuqaro bandligi ta’minlandi.

 Oilalarga subsidiya mablag‘lari hisobiga asbob-uskuna sotib olish:

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asbob-uskunalari olib berish bo‘yicha 2 200 ta fuqaroga 12,3 mlrd so‘mlik subsidiyalar ajratildi.

Bekobod shahar “Yangi hayot” MFY hokim yordamchisi aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asbob-uskunalari olib berish bo‘yicha 5 nafar fuqaroga 35 mln so‘mlik subsidiyalarga tavsiyalar berildi.

Toshkent tumanida “Ko‘ksaroy” MFYda 9 nafar, “Nurhayot” MFYda 3 nafar va “Shirin” MFYda 3 nafar ishsiz fuqaroga 10.0 mln so‘mdan subsidiyalar ajratilib, jami 15 nafar aholini bandligi ta’minlandi.

6. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish:

Quyi Chirchiq tumanida “Mirobod” MFY hokim yordamchisi ko‘magida yil boshidan shu kunga qadar 10 ta yangi tadbirkorlik subyekti, jumladan, “Zarnigor Qizim” MCHJ, “Marhabo Abdurashid Biznes” MCHJ, YaTT Ernazarov Shohruh Toir о‘g‘li, YaTT Yegenberdiyev Muxit Urazaliyevich, “Techniques Business” MCHJ, “Brend Gold Yorqin” MCHJ, “Diyor Bilol Halol” MCHJ, “Lama Lyuks Class” MCHJ, “Ramashka Class Business” XK, “Dustobod Sweets” MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan bir qatorda, 3 ta tadbirkorlik subyekti, jumladan, “Tursunov Madiyarxo‘ja” MCHJ, YaTT Zebo Sulaymonova Xusniddin qizi, “Sunnatbek Sement” MCHJ faoliyati kengaytirildi.

 8. Kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash:

Mahallalardagi aholi tomorqasidan samarali foydalanish maqsadida 1 657,0 km ariqlar tozalandi, 224 ta vertikal sug‘orish quduqlari o‘rnatildi, 4 ming 078 ta oila tomorqasini sug‘orish uchun suv bilan ta’minlandi.

Shuningdek, 886,2 km yo‘llar shag‘allashtirildi, 489,3 km yo‘llar asfaltlashtirildi, 125,6 km piyodalar yo‘lakgi barpo etildi.

Mahallalarda eski va yaroqsiz bo‘lgan 473 dona transformator, 8 464 dona simyog‘ochlar hamda 10 626 dona tungi chiroq yangilariga almashtirildi. 

Misol uchun, Quyi Chirchiq tumani “Navqiron” mahallasida ta’mirtalab bo‘lgan 2,0 km yo‘l to‘liq ta’mirlandi, Archazor ko‘chasida 1 ming 110 metr piyodalar yo‘lagi tashkil qilindi, 10,0 km ariqlar tozalandi, 2,0 km ichimlik suv tarmoqlari ta’mirlandi, 2,0 km yangi ichimlik suv tarmoqlari yotqizildi, 2,0 km yo‘llar shag‘allashtirildi, 2,0 km yo‘llar asfaltlashtirildi.

 9. Boshqa masalalar:

Viloyat hududida bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish maqsadida “E-auksion” onlayn platformasiga jami 7 ming 235 ga bo‘lgan yer maydoni 25 ming 455 ta lotga bo‘lib joylashtirildi. Shundan, 22 ming 002 ta umumiy maydoni 6 ming 224 ga bo‘lgan yer maydonlari auksion natijasiga ko‘ra ajratildi.

Mahallalarning o‘sish nuqtalari va rivojlantirish imkoniyatlaridan kelib chiqib yo‘nalishlar kesimida ajratib olindi. Jumladan, chorvachilikka 281 ta, parrandachilikka 26 ta, baliqchilikka 4 ta, asalarichilikka 4 ta, dehqonchilikka 80 ta, bog‘dorchilikka 65 ta, issiqxonachilikka 87 ta mahalla ixtisoslashtirildi.

Misol uchun, Quyi Chirchiq tumani “Mevazor” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlar va natijalar yuqori baholandi.

MFY umumiy yer maydoni 734,8 gektar, shundan aholining mavjud 33,6 gektar tomorqa yer maydonining 10,5 gektarida (31,3 foiz) yoki 576 ta xonodonning 151 tasida issiqxona tashkil etilgan. Ushbu issiqxonalarda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida ko‘kat yetishtirilishi yo‘lga qo‘yilib, yil davomida 2-3 marotaba hosil olinadi.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page