Toshkent viloyatida 2 million donaga yaqin pirotexnika vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent viloyatida 2 million donaga yaqin pirotexnika vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati hududida IIBB va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi oʻtkazilgan nazorat-reyd tadbirlari xususida.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Xabar berilganidek, Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish boʻyicha tezkor-profilaktik tadbirlarning dolzarb 40 kunligi oʻtkazilmoqda.

Tadbirlar davomida IIBB va uning quyi tizimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi nazorat tadbirlari ham oʻtkazildi.

IIBB Axborot xizmati

Misol uchun, Ohangaron tumanida joylashgan Chinor YPX maskanida Vodiy-Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 32 yoshli haydovchi R.R. boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasi hududiy IIB, DXX va Bojxona xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda tekshirilganda, daraxt koʻchatlari ostiga berkitilgan holatda 528 000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.

IIBB Axborot xizmati

Umuman olganda IIBB xodimlari tomonidan mazkur yoʻnalishda noyabr oyidan boshlab viloyat hududida oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida turli hajm va koʻrinishdagi umumiy qiymati 1 mlrd 14 mln soʻm boʻlgan 1 mln 709 ming dona noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlangan va tegishli tartibda muomaladan olingan.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Aniqlangan holatlar yuzasidan 80 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, 9 ta holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bundan tashqari, bir necha holat hududiy voyaga yetmaganlar Komissiyasiga oʻrganish uchun yuborilgan.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Mazkur yoʻnalishdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Hurmatli ota-onalar, unutmang, pirotexnika vositalari bu bolalar oʻyinchogʻi emas, jiddiy xavfdir!

IIBB Axborot xizmati





Report Page