Toshkent viloyatida 130 kg giyohvand moddalar va 30 ming kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari aylanmasiga chek qoʻyildi 

Toshkent viloyatida 130 kg giyohvand moddalar va 30 ming kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari aylanmasiga chek qoʻyildi 

IIBB Axborot xizmati

Shu bilan birga, 2 000 m2 yer maydonidagi koʻknor va kannabis oʻsimliklari yoʻq qilindi – Toshkent viloyati IIBB JQB

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan viloyat hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, jinoyatlarni issiq izida fosh etish hamda hududlarda ijtimoiy muhitni yaxshilash yuzasidan bir qator tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Jumladan, IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, "Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish" boʻlimi hamda sohaviy xizmat xodimlari tomonidan “Qora dori-2022” tezkor-profilaktik tadbirlarining birinchi bosqichida tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish bilan bogʻliq 112 ta holat aniqlanib, 1 996 m2 yer maydonidagi koʻknor, kannabis va yovvoyi nasha kabi giyohvandlik oʻsimliklari yoʻq qilingan. Ushbu tadbir davomida giyohvandlik vositalarini sotish va saqlash bilan bogʻliq jinoyatlar fosh etilib, 58 kg dan ortiq giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo'yildi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Mazkur tadbirlar davomida yilning oʻtgan 6 oyida jami 136 kg dan ortiq narkotik moddalar muomaladan olingan. Holatlar yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

IIBB Axborot xizmati

Shu kabi, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq jami 28 ta jinoiy holat aniqlanib, “qora bozorda”gi narxi taxminan 2 mlrd soʻmga teng boʻlgan jami 29 289 dona yoki (psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi) dori vositalari muomaladan olinishiga erishildi.

Hozirda IIBB tomonidan viloyat hududida giyohvandlikning har qanday turiga qarshi keskin va murosasiz kurashishga qaratilgan nazorat-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

IIBB Axborot xizmati






Report Page