Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida “Jihodchilar” terroristik oqimi aʼzolarining faoliyatiga chek qoʻyildi 

Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida “Jihodchilar” terroristik oqimi aʼzolarining faoliyatiga chek qoʻyildi 

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1998 yilda tugʻilgan M.M. (Yangiyoʻl tumani) instagram ijtimoiy tarmogʻida ekstremistik va terroristik oqim gʻoyalarini targʻib qiluvchi shaxslarning “jihod” va “hijrat”ga daʼvat qiluvchi maʼruza va videoroliklar tarqatib kelayotganligi aniqlangan.

IIBB Axborot xizmati

Shuningdek, ushbu tumanda yashovchi 1995-yilda tugʻilgan fuqaro A.B. 2018-2020 yillarda Turkiya davlatiga borib, u yerda “Tavhid va jihod” terroristik tashkilotining “Tavhid va Sunnat” nomli madrasasida diniy taʼlim olib, yashash manziliga qaytib kelgan va telegram tarmogʻi orqali ekstremistik va terroristik oqim gʻoyalarini targʻib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻzingiz va yaqinlaringizni oʻzingiz asrang. Ogoh boʻling.

IIBB Axborot xizmati




Report Page