Toshkent viloyati Piskent tumanida "Ma'naviyat maskani" qad rosladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilanganidek, hududlarda 2021-2023-yillarda bosqichma-bosqich ma’naviyat va ma’rifat maskanlari barpo etilishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Piskent tumanida ma’naviyat va ma’rifat maskanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Maskanning ochilish marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyati boʻlimi bosh mutaxassisi Dovidxonov Maxmudxon, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi direktori Karimov Kamoliddin,tuman oila va xotin-qizlarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi boshligʻi Usmonova Mexrinsalar so'zga chiqib, uning barpo etilishida hissa qo‘shganlarni e’tirof etdilar.
Zamonaviy texnik jihozlar, kutubxona, , tadbirlar zali yoshlar, ijodkorlar, kitobxonu ma’naviyat targ‘ibotchilari va boshqa aholi qatlamlari uchun chinakam ma’naviyat o‘chog‘iga aylanajak. Qayd etish joizki, Maʼnaviyat binosi jihozlar, kitoblar uchun 50 million so'm mablag' ajratilindi
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Piskent tuman bo'linmasi