Toshkent viloyati IIBB va Prokuraturasi xodimlari tomonidan 1 tonna sifatsiz go‘sht mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati IIBB va Prokuraturasi xodimlari tomonidan 1 tonna sifatsiz go‘sht mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

IIBB Axborot xizmati

Maʼlumki Ichki ishlar organlari xodimlari jamiyatning barcha jabhalarida aholi tinchligi, salomatligi va xavfsizligini taʼminlash uchun masʼuldir.

Shu maʼnoda, Toshkent viloyati IIBB xodimlari ham hududlarda jinoyatchilikni oldini va fosh etish bilan birga, aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishi bo‘yicha ham muntazam nazorat-reyd tadbirlarini tashkil etib keladilar.

IIBB Axborot xizmati

Jumladan, kuni kecha viloyat IIBB Karantin tadbirlarini taʼminlash bo‘linmasi va Prokuratura departamenti xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumani o‘tkazilgan tadbir davomida, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro B.T. (qassob)ga tegishli tuman “Gulbog‘” mahallasida joylashgan (noqonuniy) “qushxona” xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

IIBB Axborot xizmati

Tekshirish davomida qushxonada sanitariya talablariga javob bermaydigan holatda saqlanayotgan, inson hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan (tekshiruv xulosasi bilan) vazni 1 tonna 271 kg go‘sht mahsulotlari daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.T. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

IIBB Axborot xizmati



Report Page