Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan 200.000.000 soʻmlik ogʻuning savdosi toʻxtatib qolindi
Toshkent viloyati IIBBBekobod tumanida tashkil etilgan tezkor tadbirda 1 kg “gashish” giyohvandlik vositasini 20 000 AQSH dollari evaziga sotayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Xabar berilganidek, Toshkent viloyati IIBB va uning sohaviy xizmat xodimlari tomonidan “Qora dori-2021” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari davomida bir qator jinoyatlar aniqlanib, qonunbuzarliklarga chek qoʻyilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 18-sentyabr kuni IIV hamda Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida, Bekobod tumani “Farhod” mahallasida yashovchi, 1981-yilda tugʻilgan Elbek Abdiyev (ism familiyasi oʻzgartirilgan) tuman Zafar qoʻrgʻoni markazida 20 000 AQSH dollari evaziga 1 kg “gashish” giyohvandlik vositasini maxsus xaridorga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
IIBB Axborot xizmati