Toshkent viloyati Bo‘stonliq va Parkent tumanlari Maktabgacha ta’lim bo‘limlari tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi metodist va tarbiyachi-pedagoglar uchun “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil…
Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Matbuot xizmati https://t.me/Tosh_v_MTB_MatbuotYoz - bu bolalar sog'lig'ini mustahkamlash uchun eng yaxshi davrdir. Bolalar bu davrda doimiy ochiq havoda bo'lishi, tabiatning rang-barang shakli, jilvasi, ko'pgina yangi taassurotlarni boshdan kechirishi, vitaminlarga boy ovqatlanishi, harakat erkinligi uchun tabiiy sharoitlarni yaratilishi - bu hammasi bola uchun sezilarli darajada jismoniy - hissiy to'laqonli rivojlanishi va organizmni tashqi ta'sirlarga chidamlik bo'lishiga yordam beradi.

Yoz - bolalarni sog'lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish uchun eng qulay vaqtdir. Shuning uchun ham yozda bolalarning ochiq havoda ko'proq sayr qilishlariga va faol harakatda bo'lishlariga alohida e'tibor beriladi.

Bo‘stonliq va Parkent tumanlari Maktabgacha ta’lim bo‘limlari tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi metodist va tarbiyachi-pedagoglar uchun “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiya” mavzusida tuman va shahar miqyosida o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Seminarlarda Bo‘stonliq va Parkent tumanlari Maktabgacha ta’lim bo‘limlari mas’ul xodimlari, tumanlardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist va tarbiyachi-pedagoglari ishtirok etishdi.

Seminarlarda Yozgi sog'lomlashtirish mavsumining asosiy maqsadi, Yozgi sog'lomlashtirish mavsumining vazifalari, Yozgi sog'lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik mezonlari, Yozgi sog'lomlashtirish davrini tashkil etishga oid me'yoriy hujjatlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Shuningdek, seminarlarda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etishda Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori vazifalari, Maktabgacha ta'lim tashkiloti tibbiy xodimlarining vazifalari, Maktabgacha ta'lim tashkiloti metodistning vazifalari, Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglarining vazifalari, Maktabgacha ta'lim tashkiloti musiqa rahbarlarining vazifalari, Jismoniy tarbiya yo'riqchisi vazifalari, Tarbiyachi yordamchilari vazifalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.



Toshkent viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Matbuot xizmati.