Toshkent viloyati 3-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Toshkent tumanida oʻtkazildi
IIBB Axborot xizmatiXabar berilgandek, viloyat IIBB rahbariyati boshchiligida joylarda aholi muammolarini hal etishga qaratilgan sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, navbatdagi manzil Toshkent tumani boʻlib, sayyor qabulda viloyat IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov boshchiligida masʼul tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan qabulda fuqarolar – IIOga xizmatiga kirish, tergov va surishtiruv, fuqarolikni rasmiylashtirish, yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash, ijtimoiy himoya va moddiy yordam, kadastr ishlari, tibbiy yordam, yoʻl qurilishi (taʼmirlanishi) va boshqa shu kabi masalalar bilan murojaat qilishdi.



Jarayonda 40 dan ortiq murojaatlarning asosiy qismi shu joyda ijobiy hal etilib, hujjatlar rasmiylashtirildi. Misol uchun (oilaviy sharoiti tufayli) fuqarolikni rasmiylashtirishda qiyinchilikka duch kelgani boʻyicha murojaat qilgan D. Abdurahmonovaning ishi bir soatga qolmay ijobiy hal qilindi.

Tadbir soʻngida unga rasmiylashtirilgan ID-karta hududiy IIB boshligʻi tomonidan topshirildi. Qoʻshimcha oʻrganish uchun muddat talab etadigan murojaatlarni qonuniy tartibda ijobiy hal etish yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berilib ijrosi nazoratga olindi.




Hozirda viloyat boʻylab, shahar-tumanlar kesimida Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyatining aholi bilan sayyor uchrashuvlari davom etmoqda.

IIBB Axborot xizmati