Toshkent tumanida terroristik tashkilotning yashirin jamoati aʼzolari qoʻlga olindi

Toshkent tumanida terroristik tashkilotning yashirin jamoati aʼzolari qoʻlga olindi

IIBB Axborot xizmati

Avvalroq Toshkent viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ishonchli taʼminlashga qaratilgan "xavfsiz hudud", "xavfsiz tun" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari oʻtkazilayotgani haqida xabar qilingan.

Ushbu tadbirlarga bir qator hamkor tashkilotlar bilan birga, IIOning barcha sohaviy xizmatlari jalb etilib, jinoyatlarni fosh etish va oldini olish bo'yicha kompleks chora tadbirlar belgilab olingan.

Jumladan, bugun 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi DXX va IIV tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “KTJ” terroristik tashkilotining yashirin jamoati aʼzolari, mazkur tashkilot gʻoyalarini targʻib qilish bilan shugʻullanib kelayotganliklari aniqlandi va ular qoʻlga olindi.

IIBB Axborot xizmati

Ular jamoat boʻlib shakllanishlari davomida turli diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning gʻoyaviy rahnamolari hisoblangan “Abdulloh Zufar” va “Sodiq Samarqandiy”ning audio va video maʼruzalarini tarqatgan holda saflarini kengaytirish bilan shugʻullanishgan.

Bundan tashqari, jamoat aʼzolari Suriyadagi jangarilarga yordam berish maqsadida moddiy mablagʻlarni toʻplab kelishgan va ularning saflariga qoʻshilishni maqsad qilishgan.

Holat yuzasidan Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati


Report Page