Toshkent shaxrida 2022-yil 9-iyul kuni Qurbon Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda

Toshkent shaxrida 2022-yil 9-iyul kuni Qurbon Hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda


Joriy yilning 9-iyul kuni poytahtimizning 12 ta tumanida joylashgan 98 ta masjidda Qurbon Hayit namozi o‘qilishi belgilangan bo‘lib, mazkur masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarimizga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarni oldini olish hamda Qurbon hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda.

Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar quyidagi ko‘chalar orqali harakatlangan holda fuqarolarimizning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi:


Eslatib o‘tamiz ushbu avtobus yo‘nalishlari Toshkent shahar hokimligining tashabbusiga ko‘ra, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan tashkil etilmoqda.

Hurmatli hamshaharlar!

Qurbon Hayiti namoziga tashrif buyurishda ushbu avtobuslardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.


Barchangizga kirib kelayotgan Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin !


Report Page