Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

Turin Polytechnic University in Tashkent

Hurmatli talabalar! Universitetimiz hududida samokatlarni ijaraga berish xizmati yo'lga qo'yilmoqda. Shu munosabat bilan, samokatlar uchun maxsus xizmat ko'rsatish jamoasiga iste'dodli va mas'uliyatli yoshlarni qabul qilish boshlandi! 🚀


Jamoamizga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha talabalar kerak:


1. Texnik xizmat ko'rsatuvchi talaba 🔧 

🔺Vazifalari:

-Samokatlarning texnik holatini tekshirish va ta'mirlash.

-Zaryadlash tizimlarini boshqarish.

-Ehtiyot qismlarni almashtirish va profilaktika ishlarini bajarish.


2. Dasturiy ta'minot ishlab chiquvchi talaba 💻

🔺Vazifalari:

-Samokatlarni boshqarish uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish.

-Ilova funksiyalarini rivojlantirish va foydalanuvchilar uchun qulay qilish.

-Texnik muammolarni dasturiy yo'l bilan hal qilish.


3. Texnik qo'llab-quvvatlash markazi uchun talaba ☎️

 🔺Vazifalari:

-Foydalanuvchilarning muammolarini tezkor hal qilish.

-Texnik xizmat va dasturiy ta'minot bo'yicha maslahat berish.

-Samaradorlikni oshirish uchun mijozlar fikrini tahlil qilish.


✅ Biz sizga taklif qilamiz: 

🟢 Real amaliyotda ishlash tajribasi;

🟢 Innovatsion texnologiyalarni o'rganish va qo'llash imkoniyati;

🟢 Jamoaviy muhitda ishlash ko'nikmalari;

🟢Texnologiyalar bo'yicha bilimlaringizni oshirish.


Talablar:

🟢Texnik ko'nikmalar va mas'uliyatlilik.

🟢Yangi bilimlarni tez o'zlashtirish.

🟢Jamoa bilan ishlashga tayyorlik.


🏅 Tanlovdan o'tgan talabalar Universitetning 10 ballik sertifikati bilan taqdirlanadi!


Shoshiling! Joylar soni cheklangan! Ariza topshirish uchun ushbu FORMAni to'ldiring.


🔋 Texnologiyalarni rivojlantirishda o'z hissangizni qo'shing va tajriba orttiring!

Report Page