Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Koreyaning Mavon o'rta maktabi (Maewon Middle School) direktori va Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Toshkent Koreya ta'lim markazi xodimlari tashrif buyurishdi
Bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Koreyaning Mavon o'rta maktabi (Maewon Middle School) direktori va Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Toshkent Koreya ta'lim markazi xodimlari tashrif buyurishdi va maktablar o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mehmonlarga maktab bo'ylab sayohat uyushtirilib, maktabdagi ta'lim jarayonlari, o'quvchi va hodimlarga yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi. Tashrif chog'ida maktabda tashkil etilgan koreys tili to'garagiga mehmonlar alohida e’tibor qaratishdi, koreys tilini o’rganish masalalariga yaqindan yordam berishda o’zlarining takliflarini berishdi. To’garak rahbari va tilni o'rganib kelayotgan yoshlar o'zlarining yil davomida koreys tilini o'rganishdagi yutuqlari bilan bo'lishishdi. Mehmonlarga koreys milliy musiqasi va raqs ijrosi namoyish etilda.
Kelajakdagi ikki taraflama istiqbolli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha muhokamalar o’tkazilib, fikrlar almashildi. Kelgusida maktablararo munosabatlarni, shuningdek koreys tilini o’rgatishni mazmunli tashkil etish, ta’lim jarayonini yanada rivojlantirish hamda o'quvchi va o'qituvchilar almashinuvi dasturini yo'lga qo'yish masalalari ham ko'rib chiqildi.