Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari oila aʼzolari bilan “Gʻalaba bogʻi”ga sayohat qildi

Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari oila aʼzolari bilan “Gʻalaba bogʻi”ga sayohat qildi


Milliy gvardiya Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 79 yilligi munosabati bilan “Gʻalaba bogʻi”ga sayohat uyushtirildi.

Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari oila aʼzolari bilan iborat jamoa «Gʻalaba bogʻi»da gavdalantirilgan front va front orti manzaralari aks etgan «Shon-sharaf» davlat muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdi.

Bu kabi ekskursiyalar xodimlarda yuksak insoniy fazilatlar, ayniqsa, vatanparvarlik tuygʻusini yanada joʻsh urdirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bogʻdagi manzaralardan zavq olgan xodimlar va oila aʼzolar nafaqat maʼdaniy hordiq chiqarishdi, balki oʻzlariga kerakli boʻlgan bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.


Report Page