Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi muzeyiga ekskursiya

Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi muzeyiga ekskursiya


Milliy gvardiya Markaziy devoni tashabbusi bilan yosh avlod oʻrtasida vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan madaniy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahardagi "Temurbeklar maktabi" va "Yosh gvardiyachilar" sinfi oʻquvchilari hamda muddatli harbiy xizmatchilar uchun Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Ular Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi bosib oʻtgan yoʻldan hikoya qiluvchi tarixiy koʻrgazmali eksponatlarni qiziqish bilan tomosha qilishdi. Yoshlarda turli vaqtlarda ishlatilgan texnik vositalardan namunalar aks ettirilgan stend alohida qiziqish uygʻotdi.


Yosh avlod uchun muzeylar bu ajdodlarimizdan bizga meros boʻlgan boylikni kelajak avlodlarga yetkazib beradigan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy xazina ekanligiga yana bir bor guvoh boʻlishdi.


Report Page