Toshkent shahar Bektemir tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining soliq to‘lovchilarga murojaati
Yurtboshimiz 2022-yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi chog‘ida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizi…Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni soliq sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Tuman soliq inspeksiyasi tomonidan 2023 yil mart oyida amalga oshirilgan ayrim ma’lumotlarga e’tiboringizni qaratsak:
Soliq inspeksiyasi mutaxasislari tomonidan tumanda jami 9 marotaba xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda qariyb 545 nafar xo‘jalik yurituvchi subyektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ayni paytda tumanda 3 255 taga yaqin xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyat ko‘rsatadi. Mart oyida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoili asosida tumanimizdagi
125 ta korxonaning 134 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 107 tadan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi.
Bektemir tumani Soliq xizmati organi xodimlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida
65 ta korxonadagi 82 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.
Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 37 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 45 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga
8,5 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.
Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq ma’muriyatchiligi tubdan isloh qilinmoqda. Xususan, 2020-yilda yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi qabul qilindi, soliq turlari 13 tadan 9 taga, mol-mulk solig‘i 2% dan 1,5% kamaytirildi.
Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.
Ushbu soliq rejimi bo‘yicha 592 ta tadbirkorlik subyektlari ixtiyoriy ravishda aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lashga o‘tdi, shunung hisobiga 0,9 mlrd.so‘m tushum tushishi kutilmoqda.
Yanvar-mart oylari davomida “Soliq hamkor” dasturi orqali tuman hududida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 169 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojatlar yuzasidan 57 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi. Ushbu murojaatlar asosida o‘tkazilgan tekshirishlarning 100% o‘z tasdig‘ini topdi.
Mart oyida 1 ta korxonaga yer solig‘i, 2 ta korxonaga mol-mulk solig‘i, 5 ta korxonaga aylanmadan olinadigan soliq to‘lovlaridan imtiyozlar qo‘llanildi.
Hurmatli soliq to‘lovchilar Bektemir tumani Soliq inspeksiyasi xodimlari “Soliqchi-komakchi” tamoili asosida Sizlarga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar. Bizga murojaat qiling barcha savollaringizga javob berishga va bilmaganlaringizni o‘rgatishga astoydil ko‘maklashamiz.
Eshkuvatov Azizjon Baxtiyorovich
Bektemir tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘i