Тошкент шаҳри ҳудудида магнитудаси М≤6,5 бўлган зилзилалар содир бўлиш хавфи бор

Тошкент шаҳри ҳудудида магнитудаси М≤6,5 бўлган зилзилалар содир бўлиш хавфи бор


Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Фанлар академияси ахборот хизмати раҳбари Гулноза Шарафова маълум қилди.

Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan Kuchli zilzilalar ta’sirida Toshkent shahrining talafotlanish darajasini iqtisodiy baholash imkonini beruvchi raqamli simulyatsion modeli ishlab chiqildi.

Olimlarimiz yaragan ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 16-maydagi 158-sonli "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Qarorida keltirilgan vazifalardan biridir.

Toshkent shahri hududi seysmik potensiali yuqori bo‘lgan zonada joylashgan bo‘lib, hududda magnitudasi M≤6,5 bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lish xavfi bor. Tarixiy va instrumental ma’lumotlar bazasiga ko‘ra shahar hududida 1868, 1886, 1924 va 1966 yillari magnitudasi M=6.5, M=6.0 va M=5.3 seysmik jadalligi bo‘yicha 7, 8 - 9 ballik zilzilalar qayd qilingan. Shuningdek 1980 yilda magnitudasi M=5.5 bo‘lgan seysmik jadalligi 8 ballgan teng Nazarbek zilzilasi sodir bo‘lgan. Toshkent shahar hududini janubiy g‘arb yo‘nalishida kesib o‘tuvchi Karjantou tektonik yеr yorig‘i doimiy harakatlanishi natijasida kuchli zilzilalar sodir bo‘lib kelmoqda. Albatta sodir bo‘lishi muqarrar bo‘lgan 7,8 va 9 ballik kuchli zilzilalar sharharga iqtisodiy talafotlar yеtkazgan. Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga Toshkent shahrida 981 331 ta oilalar (uch millionga yaqin kishi) 11 258 ta ko‘p qavatli uylarda va 204,1 mingta yakka tartibdagi uylarda istiqomat qiladi. Bu ko‘rsatkich yildan-yilga ortib bormoqda.

So‘nggi vaqtlarda xorijiy mamlakatlarda sodir bo‘layotgan kuchli zilzilalar yеr plitalarining tektonik siljishlari oqibatida yuzaga kelayotgan turli xil talafotlar mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni ta’minlash ishlarini jadallashtirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda. Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, aholining demografik o‘sishi, sanoat-fuqarolik qurilishlari kengayishi hududning seysmik talafot potensialini oshiradi.

Talafotlarni oldindan aniqlashda zamonaviy raqamli simulyatsion modellardan keng foydalanish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish muammolarini hal qilish bo‘yicha kompleks yondoshuv vazifasini bajaradi.

Loyihani amaliyotga tadbiq etish orqali zamonaviy IT-texnologiyalari asosida Toshkent shahrining muhandis-geologik sharoitini va bino-inshootlarning konstruktiv turlarini hamda ularning seysmik zaifliklarini aniqlab hisobga olgan holda hududda sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan 7, 8 va 9 ballik zilzilalardagi iqtisodiy talafotlarini baholashning ilmiy asoslangan similyatsion modeli ishlab chiqiladi.

Tadqiqot natijasida grunt va binolarning tizimli tebranish xususiyatlari aniqlanadi va epitsentral zonalardagi va undan tashqarisida seysmik tebranishlarning tarqalishi va so‘nish ko‘rsatkichlari matematik modellashtirish asosida baholanadi, shuningdek, hududning har bir nuqtasi uchun zilzilaning manba parametrlari asosida sintetik akselerogramma yaratiladi.

Toshket shahri hududida sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan zilzila o‘chog‘larining seysmik xavfi boholanadi.

Bino va inshootlarning seysmik zaifligini va ularning kuchli zilzilalar ta’sirida shikastlanish darajasini aniqlashda jahon tajribasini hisobga olgan holda yondashuvlar tanlanadi, usullar, tavsiyalar va baholash bo‘yicha dastur  ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga, shahar hududida turli davrlarda qurilgan bino va inshootlarning, xususiy uylarni inobatga olgan holda, 7, 8 va 9 ballik zilzilalardagi seysmik bardoshlik xolatlari aniqlanadi har bir konstruktiv turdagi bino-inshootlar uchun shikastlanish darajalari baholanadi va seysmik holatini baholovchi namunaviy pasportlari tuzila boshladi.

Toshkent shahrida qurilgan bino va inshootlarning har bir konstruktiv turi uchun seysmikbardoshlik bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratiladi va ularni GIS platformasiga joylashtiriladi. Ishlab chiqiladigan kuchli zilzilalarni simulyatsion modellashtirish texnologiyasi dastlab Toshkent shahri hududi misolida, keyin «Raqamli geoportal» axborot tizimi mavjud shaharlar hududlari bosqichma-bosqich barcha viloyat markazlari va yirik aholi puntlari hududlariga joriy etiladi. Natijada, qurilish ob’ektlari uchun joy ajratish va loyihalash masalalarini hal qilishda bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarda hududlarda keltirib chiqaradigan seysmik talafotlar yuqori bo‘lgan hududlarda zilzilabardosh bino-inshootlarni qurish va loyihalashda, kuchli zilzilalarda yеtkaziladigan zararlarni kamaytirish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish, aholi va hududni seysmik xavfsizligini ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan loyihaning  muhimligi: Simulyatsion modellashtirish natijasida shahar aholisi va hududdagi mavjud binolarning ijtimoiy-iqtisodiy talafoti baholanadi. Natijada baholangan seysmik zaif binolar zilzilabardoshligi oshirilish masalasi yoki o‘rniga yangi norma asosida bino qurish masalasi hal etiladi. Ishlab chiqiladigan dasturiy ta’minot va platforma onlayn rejimda avtomatik tarzda kuchli zilzilalar sodir bo‘lganda grunlar va binolarning tebranishi, seysmik to‘lqinlarning tarqalishi rangli tasvirlarda animatsiyalanadi va dastlabki talafotlar ko‘lamini miqdoriy baholash imkoni beradi hamda favqulodda vaziyatlarda qutqaruv va o‘quv-taktik bo‘linmalarini harakatlanish dasturi vazifasini bajaradi.

Shuningdek, tadqiqot yakunida erishiladigan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublika hududi va aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining tadbirlarini o‘tkazilishi aniq manzillari, bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalarda ehtimoliy ijtimoiy-iqtisodiy talafotlar miqdori ko‘lami asosida olib borilsa, tadbirlarda qutqaruv bo‘linmalar va zaruriy tibbiy va moddiy-texnik yordam vositalari va kuchlarini aniq miqdori belgilab olish va buning natijasida talafotlarni kamaytirishga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulotlari va tadbirlarda real maqsadlarga erishiladi.

Ishlab chiladigan uslub, texnologiya, xarita va dasturiy ta’minotlar vafqulodda vaziyatlarda harakatlanish tizimi, bo‘linmalari va kadrlar malakasini oshirish hamda shahar bosh rejasi, zilzilabardosh bino-inshootlarni qurilish-loyihalash uchun dastur vazifasini bajaradi, shu bilan birga amaliyotda qo‘llashda joriy etiladi.



Report Page