Toshkent mezbonlik qilgan JCH tugadi. Terma jamoamiz ilk bor 2-o‘rinda!

Toshkent mezbonlik qilgan JCH tugadi. Terma jamoamiz ilk bor 2-o‘rinda!


12 noyabr kuni Toshkent shahri mezbonligida boshlangan sambo bo‘yicha Jahon chempionati bugun o‘z yakuniga yetdi.

Uch kun davomida sambo muxlislari keskin va shiddatli bellashuvlar guvohiga aylanishdi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 11 ta medal qo‘lga kiritishdi. Terma jamoamiz aʼzolari 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:

-58 kg: Bahodir Bakiyev (jangovar sambo)
-88 kg: Ixtiyor Eshmurodov
-98 kg: Nodirjon Mirxalikov 

Kumush:

-79 kg: Ulug‘bek Rahmonov
-64 kg: Oybek Soliyev (jangovar sambo)
-50 kg: Sabina Davlatova
-79 kg: Furqat Ro‘ziyev (jangovar sambo)
-88 kg: Sohibjon Hasanboyev (jangovar sambo)

Bronza:

-59 kg: Ibodatxon Agojonova
+98 kg: Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo)
-71 kg: Istam Qudratov

Ushbu natija orqali sambochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunlashdi. Birinchi o‘rinni Rossiya vakillari egallashgan bo‘lsa (8 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza), kuchli uchlikka Belarus vakillari (3 ta oltin, 5 ta kumush) yakun yasashdi.

Qayd etish lozimki, bu o‘zbek sambosidagi tarixiy natija hisoblanadi. Bungacha sambochilarimiz jahon chempionatida xech qachon umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashmagandi.

Report Page