“Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘i stipendiyasi

“Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘i stipendiyasi

TDTrU_online


Toshkent davlat transport universiteti talabalari uchun “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘i stipendiyasi joriy etildi.

“Toshkent mefopoliteni” DUK boshligʻi stipendiyasi 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat transport universitetining “Elektr harakat tarkibi kafedrasi” metropoliten transporti taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan butun oʻqishi davomida faqat aʼlo baholarga oʻqiyotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan 2-3-kurs bakalariat talabalari va magistratura mutaxassisligidagi 1-kurs talabalariga tayinlanadi va toʻlanadi.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari hamda Maqsud Shayxzoda nomli stipendiya sohiblarining tanlovda ishtiroki taqiqlanadi.

Stipendiya bir oʻquv yilida umumiy 5 nafargacha talabaga berilishi mumkin. Ushbu stipendiya kvotasi Toshkent davlat transport universiteti tegishli yoʻnalishdagi talabalar kontingenti koʻpayishiga qarab “Toshkent metropoliteni” DUK boshligʻi tomonidan oshirilishi mumkin.

Stipendiya tanlovlarida ishtirok etuvchi nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:

a) viloyat, shahar, respublika va xalqaro miqyosdagi yakka va jamoaviy tartibda oʻtkazilgan turli koʻrik-tanlovlar, fan olimpiadalarida faxrli va sovrinli oʻrinlardan birini egallaganligi;

b) universitetda tahsil olish davrida oʻqiyotgan taʼlim yoʻnalishiga mos mavzuda viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi nashrlarda yakka va ham mualliflikda kamida ikkita eʼlon qilingan ishlarining (maqolalar, tezis yoki asar) mavjudligi;

d) metropoliten tizimini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yechimlar va ishlanmalar, startap loyihalarini yaratishdagi faol ishtiroki;

e) “Toshkent mehopoliteni” DUK tashkil etiladigan amaliyotlardagi faol ishtiroki va ishlab chiqarish bilan taʼlimning integratsiyasini yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlari mavjudligi;

f) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi erishgan yutuqlari, jumladan dasturiy taʼminot mahsulotlari, veb-ilovalar va boshqalarni ishlab chiqqanligi hamda loyihasi yuzasidan takliflar berganligi;

g) barcha fanlardar oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “a'lo” (koʻpi bilan 50 foizi “yaxshi”) boʻlgan va ilmiy (jodiy) ishlarda ishtirok etganligi;

h) metropoliten sohasida olib borilayotgan islohotlami ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa manbalardagi targʻibot ishlari mavjudligi;

i) jamoat ishlarida faol ishtiroki va namunali hulqi.

Kengash qaoriga asosan tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va tegishli hujjatlar “Toshkent metropoliteni” DUKga har yili 10-25-avgust kunlari kiritiladi.

Bunda, nomzodlar hujjatlarining asliga toʻgʻri ekanligi hamda oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi boʻyicha masʼuliyat “Toshkent menopoliteni” DUK boshligʻining ilmiy-innovatsion rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Toshkent davlat

transport universiteti prorektori zimmasiga yuklatiladi.

“Toshkent metropoliteni” DUK stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalami yiliga bir marta har yili 5-25-sentabr kunlari koʻrib chiqadi.

Hujjatlarni taqdim etish sanalari haqida qoʻshimcha ma'lumot beriladi.


Report Page