Toshkent matematika olimpiadasi
Sardor Bazarbaev🖐 Aniq va tabiiy fanlardan "Toshkent olimpiadasi"ning 2-bosqichiga marhamat!
Ushbu olimpiada Al Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada maktabi va "PROMAX education" o‘quv markazi hamkorligida o‘quvchilar va abituriyentlar o‘rtasida biologiya, fizika, kimyo va matematika fanlaridan tashkillashtirilmoqda.
📲 Olimpiadaga @khiso_uz1_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish shart!
▪️Olimpiada 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi. Dastlabki 2 ta bosqichi onlayn va final bosqichi oflayn!
▫️ 1-bosqich 27-28-noyabr kunlari onlayn tarzda o‘tkazildi.
▫️ 2-bosqich 4-5-dekabr kuni soat 11:00 dan 21:00 gacha onlayn tarzda www.khiso.uz saytida o‘tkaziladi.
🎁 Onlayn bosqichlarda yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar Yasirabook kitoblar do‘konidan qimmatbaho kitoblar bilan taqdirlanadi.
▪️ Birinchi va ikkinchi bosqichlardagi jami natijasi eng yuqori bo‘lgan o‘quvchilar (umumiy qatnashchilarning 10% idan oshmagan) final bosqichida ishtirok etadi.
▫️ Final bosqichi esa 12-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
🎁 Final bosqichi g‘oliblari telefon, airpods quloqchinlari va 1.000.000 so‘mgacha bo‘lgan vaucherlar bilan taqdirlanadi.
▪️ Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!
🎟 Barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!
❗️Iltimos, saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing.