Toshkent kimyo-texnologiya institutida akademik guruhlardagi yoshlar yetakchilari saylovlarini oʻtkazish tartibi

Toshkent kimyo-texnologiya institutida akademik guruhlardagi yoshlar yetakchilari saylovlarini oʻtkazish tartibi



Guruh yetakchilarining saylovida guruh talabalarining barchasi qatnashishlari lozim.

Saylovlarni oʻtkazishda kamida bir hafta oldin ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh guruh tyutori, guruh sardori hamda fakultet yetakchilar kengashi vakillaridan tuziladi.

Ushbu ishchi guruh saylov kuni va uni oʻtkazish tartibini belgilaydi. Ishchi guruh talabalarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining maqsadi, yoʻnalishlari, yetakchilarining vazifalari haqida tushuncha berishi lozim.

Barcha guruh talabalari guruh yetakchisi lavozimiga oʻz nomzodini qoʻyishi mumkin.

Guruh yetakchilari saylovlari 3-10 oktyabr kunlari oʻtkaziladi.

Har bir nomzodga 10 daqiqa vaqt beriladi. Ushbu vaqt davomida nomzod oʻz dasturi, yetakchiga yuklatilgan vazifalarni qaysi yoʻl bilan bajarishi toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Nomzodlikka qoʻyilgan talabalar qay tarzda oʻzlariga yuklatiladigan vazifalarni amalga oshirmoqchi ekanliklari toʻgʻrisida bahs-munozara qilishlari mumkin. Guruh yetakchilari saylovi guruh talabalari tomonidan umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Guruh yetakchilari bir yil muddatga saylanadi.


Report Page