Toshkent davlat transport universitetida PTV Traffic Suite dasturi foydalanuvchilari uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Toshkent davlat transport universitetida PTV Traffic Suite dasturi foydalanuvchilari uchrashuvi boʻlib oʻtdi


Joriy yilning 2-4 noyabr kunlari Toshkent davlat transport universitetida ilk bora PTV Traffic Suite dasturlari foydalanuvchilari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbir Toshkent davlat transport universiteti, transport va piyodalar oqimini modellashtirish uchun dasturiy yechimlarni ishlab chiqish bo'yicha jahon yetakchisi, Germaniyaning PTV GROUP kompaniyasi, mamlakatning yetakchi transport oliy ta’lim muassasasi va MDH bozorida PTV GROUP yechimlarining rasmiy yetkazib beruvchisi – TRANSPROEKT kompaniyasi (O'zbekiston Respublikasi) hamkorligida tashkil etilgan.

Uchrashuvdan asosiy maqsad -bu shahar va hududlarni rivojlantirish uchun transportni rejalashtirish va modellashtirish usullarining asosiy ahamiyatini ko'rsatishdir.

Bugun 3-noyabr kuni PTV Traffic Suite dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilari va transport muhandislari uchun amaliy mahorat darslari o'tkazildi.

Tadbirda transportni rejalashtirish va modellashtirish bo'yicha xalqaro va O'zbekistonlik mutaxassislar, shuningdek, PTV Group va ERTICO-ITS Europe kompaniyalari kabi ushbu sohadagi yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.

Amaliy uchrashuv jarayonida mutaxassislar makro va mikro darajali transport modellarini yaratishga uchun PTV Visum, PTV Vissim va PTV Viswalk dasturiy mahsulotlarining yangi imkoniyatlari haqida so'zlab beradilar, shahar va mintaqalar uchun intellectual transport va jamoat transporti tizimlarini rivojlantirish bo'yicha tajriba almashdi.

Report Page