Toshkent davlat agrar universitetida onlayn va oflayn rejimda xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o‘tkaziladi

Toshkent davlat agrar universitetida onlayn va oflayn rejimda xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o‘tkaziladi


Joriy yilning 21-22 noyabr kunlari onlayn va oflayn rejimida “Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ilm-fan bilan integratsiyalash va ta’limni innovatsion rivojlantirish masalalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiyada ish olib boradigan sho‘’balar va konferensiyalar materiallarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Konferensiyada quyidagi sho‘’balar ish olib boradi:

1-sho‘’ba: Kadrlar tayyorlashda ta’limni innovatsion rivojlantirish xususiyatlari. 

2-sho‘’ba: Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish bilan ilm fanni integratsiyalash masalalari.

3-sho‘’ba: Agrosanoat sektorida raqamli iqtisodiyotni tashkil etish masalalari.

4-sho‘’ba: Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligining rivojlanishi hamda yangi navlar yaratishning nazariy va amaliy asoslari; 

5-sho‘’ba: Jahon bozori talablari asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, sertifikatlash hamda standartlashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslari. 

6-sho‘’ba: Ijtimoiy-gumanitar, tabiiy pedagogika va psixologiya hamda xorijiy tillari bo‘yicha ta’lim berishni yanada takomillashtirish.

7-sho‘’ba: Agrosanoat majmuida iqtisodiyot va boshqaruv moliya, buxgalteriya hisobi va audit

8-sho‘’ba: Xotin-qizlar va yoshlarga agrobiznes sohasida o‘z biznesini boshlash uchun zaruriy bilim va malaka berish masalalari.

Konferensiya materiallarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

Maqola va tezis materiallarini o‘zbek (lotin alifbosida), rus, ingliz tillarida taqdim etilishingiz mumkin.

Konferensiyada ishtirok etish uchun mualliflar 2022 yil 5 noyabr kuniga kadar (Sarvar Normurodov) elektron pochtasi s.n.normurodov@bk.ru hamda +998.93.051-08-80 telefon raqamdagi @NSN0880 telegram manzili orqali maqolalarni yuborishingiz mumkin.

Konferensiyada ishtirok etish uchun tezis matnlari 5-8 bet hajmda, A-4 bichimli qog‘ozda, 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim. Fayl mualliflarining ismi-sharifi va otasini ismi bilan lotin alifbosida (masalan, Akramov Sardor Allayor o’g’li) nomlanishi lozim. 

Matn oxirida bir qator bo‘sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiritiladi. Manbaalarga havolalar albatta ko‘rsatilishi lozim. Jadvallar, grafiklar va turli diagrammalar rasm shaklida rasmiylashtirishi lozim.

Konferensiya materiallari muallifning oldindan to‘lagan badallari(pullari) hisobidan chop etiladi. Konferensiya materiallari to‘plamiga kirgan barcha tezislar «Agro iqtisodiyot jurnali» da chop etiladi, (to‘lov badali 200 000 so‘m, to‘lovlarni VIZA 4023 0602 4567 3289 (Achilov Mashrab) hamda UZKARD 8600 0210 3427 0267 (Normurodov Sarvar) raqamli plastik kartalarga o‘tkazishingizni so‘raymiz). To‘lovni amalga oshirib +998.93.051-08-80 (Normurodov Sarvar) raqami bilan xabarlashishingiz so‘raladi.

Report Page