Toshkent amaliy fanlar universiteti

Toshkent amaliy fanlar universiteti


Toshkent amaliy fanlar universiteti haqida eng ko'p beriladigan savollar

  1. Universitet litsenziyaga egami?

Ha, universitet O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan nodavlat oliy ta'lim xizmatlarini ko'rsatish uchun 2022-yil 14-iyunda berilgan № 029914-sonli litsenziyaga asosan faoliyat ko'rsatadi.

2. Universitet diplomi O'zbekistonda tan olinadimi?

O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risidagi Qonunga asosan Universitet bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.

3. Universitetda qanday ta'lim shakllari mavjud?

  • Kunduzgi;
  • Sirtqi;
  • Kunduzgi 3-smena (kechki).

4. Nima fakultetlar / yo'nalishlar bor?

Kompyuter injiniringi (IT) fakulteti:

- Kompyuter injiniringi

- Axborot xavfsizligi

- Multimediya texnologiyalari


Iqtisodiyot fakulteti:

- Iqtisodiyot 

- Moliya va moliyaviy texnologiyalar

- Buxgalteriya hisobi va audit

- Bank ishi va auditi


Tillar va adabiyot fakulteti

- Xorijiy tili va adabiyoti (Ingliz tili)

- O'zbek tili va adabiyoti


Pedagogika va psixologiya fakulteti:

- Pedagogika va psixologiya

- Maktabgacha ta'lim

- Boshlang'ich ta'lim

- Tarix

- Informatika va matematika

5. O'qish narxlari necha pul?

Barcha yo'nalishlar bo'yicha to'liq narxlarni universitet saytida ko'rishingiz mumkin: https://utas.uz/student?price=1

6. Ariza topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

  • Pasport/ID nusxasi;
  • Maktab shahodatnomasi yoki litsey, kollej diplomi.

Report Page