"Toshkent" Respublika Fond birjasiga boshqaruv raisi sifatida xorijiy top-menejer jalb etilmoqda

"Toshkent" Respublika Fond birjasiga boshqaruv raisi sifatida xorijiy top-menejer jalb etilmoqda

MoliyaPress

2022-yil 15-avgustdagi "Toshkent" Respublika Fond birjasi Kuzatuv Kengashining yig‘ilishida Georgi Otarovich Paresishvilini birja Boshqaruv raisi sifatida jalb qilishga qaror qabul qilindi.

Giorgi Paresishvili 2014-yildan hozirgi kungacha Gruziya Fond birjasining rahbari bo‘lib kelgan, shu bilan birga Gruziya Markaziy qimmatli qog‘ozlar depozitariysi Kuzatuv Kengashining raisi bo‘lgan.

Bank sohasida va kapital bozorida 27-yillik tajribaga ega yuqori malakali xorijiy top-menejerni jalb etish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasining kapital bozorini rivojlantirish strategiyasining bajarilishi va amalga oshirilishi munosabati bilan qabul qilindi. Giorgi Paresishvilining asosiy vazifalari mahalliy fond bozorini xalqaro kapital bozori infratuzilmasiga integratsiyalash, shuningdek, mahalliy aksiyadorlik jamiyatlarining IPO va SPOlarini o‘tkazishda yordam berishdir. Jumladan yangi boshqaruvchining vazifalariga quyidagilar kiradi: ish samaradorligini oshirish, xalqaro ilg‘or tajribalar asosida listing va savdo qoidalarni takomillashtirishga doir tavsiyalar berish, listing kompaniyalari sonini ko‘paytirish, umuman bozor infratuzilmasi, IT kompleksi faoliyati samradorligini oshirish maqsadida bozorning tegishli ishtirokchilari bilan yaqin xamkorlik qilish.

Georgiy Paresishvili 1995-yilda Tbilisi davlat universitetining iqtisod fakul'tetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Tbilisidagi “Absolyut Bank”da boshlagan. 2000-2002 yillarda Michigan universiteti Stiven M. Ross biznes maktabida tahsil olgan va Biznes boshqaruvi magistri (MBA) darajasini olgan. 2000-yildan 2005-yilgacha u London va Nyu-Yorkda Shveysariyaning eng yirik moliyaviy konglomerati Credit Suisse investisiya bankining bo‘limi bo‘lgan Credit Suisse First Bostonda ishlagan. 2005 yildan beri Georgiy Paresishvili Gruziyaning Terabank, Liberty Bank, Bank of Georgia va boshqa yetakchi banklarida boshqaruv lavozimlarda ishlagan.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page