To‘qimachilik sohasini rivojlantirish uchun taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar

To‘qimachilik sohasini rivojlantirish uchun taqdim etib kelinayotgan moliyaviy yordamlar

FundPress

Mamlakatda yengil sanoat mahsulotlari bozorini rivojlantirish, ularning barcha toifadagi iste'molchilar uchun ommabopligini ta'minlash, shuningdek to‘qimachilik, tikuv hamda trikotaj mahsulotlarini yaratish maqsadida keng qamrovli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.01.2022-yildagi "To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning exportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-53-son Farmoni misol bo‘la oladi.

Xususan, 2018-2023 - yillar davomida Jamg‘arma tomonidan to‘qimachilik, tikuv hamda trikotaj yo‘nalishiga 1168 ta loyihalar bo‘yicha 3 066,9 mlrd so‘mlik kreditlarga 569,8 mlrd so‘mlik yordamlar taqdim etilgan.

Shundan bugungi kunga qadar to‘qimachilik, tikuv hamda trikotaj yo‘nalishiga 517 ta loyihalar bo‘yicha 1 205,6 mlrd so‘mlik kreditlarga ta’minot sifatida 394,4 mlrd so‘mlik kafilliklar taqdim etilgan.

Shuningdek, 651 ta loyiha 1 861,3 mlrd so‘mlik kreditlarga hisoblangan foizlarning bir qismini qoplash uchun 175,4 mlrd so‘mlik kompensatsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, Jamg‘arma tomonidan moliyaviy yordamlar miqdori hududlar kesimida taqdim etilmoqda. Xususan, Top-3 hududlar tahlil natijasida aniqlandi: kafillik bo‘yicha Andijon, Namangan viloyatlari va Toshkent shahri hamda kompensatsiya bo‘yicha Toshkent shahri, Andijon va Sirdaryo viloyatlari egallab kelmoqda.

Jamg‘arma tomonidan to‘qimachilik, tikuv hamda trikotaj yo‘nalishini rivojlantirish uchun moliyaviy yordamlar ajratish ishlari davom ettirilmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi

Axborot xizmati







Report Page