Topshiriqlar qanday bajariladi?

Topshiriqlar qanday bajariladi?

Shokir Yoʻldosh

Birinchi navbatda tizmga kirib kerakli fanni tanlaymiz. Buning uchun Mening kurslarim boʻlimidan foydalanamiz:

Undan soʻng topshirimiz kerak boʻlgan topshiriq ustiga bosamiz. Mana bunday oyna chiqadi:


Shu yerdan Add submissionni tanlaymiz. Mana bunday oyna chiqadi:

Topshiriqlar ikki xil usulda topshiriladi. Birinchisi onlayn matn, ikkinchisi, fayl yuborish. Qanday turdagidan foydalanishni oʻqituvchi oldindan belgilab qoʻygan boʻladi.

Onlayn matn orqali topshirilishi kerak boʻlgani mana bu koʻrinishda boʻladi:

Fayl yuborish toʻgʻridagisi mana bunday koʻrinadi:

Onlayn matn kiritish uchun ajrtilgan joyga javoblarimizni yozamiz:

Pastga tushib saqlash tugmasini bosamiz:

Fayl biriktirish orqali bajariladigan topshiriqda, avval, biror faylga javoblarni kiritib olamiz. Masalan Wordda tayyorlab uni qurilmamizga saqlaymiz. Keyin tizimga biriktiramiz. Bu mana bu ketma ketlikda amalga oshiriladi:

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

Topshiriq muvaffaqiyatli bajarilgach mana bu oyna chiqadi:

TAMOM. Bu qiyin koʻringani bilan, aslida juda oson. Chet elda maktab bolalari ham shunday oʻqiydi, biz OTM talabasizmiz-ku!

Ba’zi fanlardan topshiriqlar faylda berilgan. Buning uchun topshiriq yozilgan faylni yuklab olish, uni bajarib tizimga kiritish kerak boʻladi.

Yana bir gap, belgilangan muddat tugamaguncha bemalol bergan javoblarinigizni oʻgartirishingiz mumkin. Biriktirilgan faylni almashtirish quyidagi tartibda kechadi:

1.

2.

3.

4.

Keyin, fayl biriktirish amaliyotin takrorlaysiz. UNUTMANG! Bu ishni faqat muddat tugamaguncha qilish mumkin.

Onlayn matnni ham Mening javobimni tahrirlashga kirib oʻzgartirib qoʻyish mumkin.

Yakuniy va oraliq nazoratlarda qiynalmaslik uchun darslarni oʻzlashtirib borishni maslahat beraman.

#Biz siz uchun ishda qoldik, siz oʻzingiz uchun oʻqing!

Omad!

PS: imlo xatolari boʻlsa uzr, juda shoshilinchda tayyorladim.

Report Page