Toponimika nima?

Toponimika nima?


Albatta har bir insonning ismi, go‘zal va ma’noli bo‘lishi kabi joylarning, mahallalarning, ko‘cha va xiyobonlarning nomlari ham tarixiy, milliy, chiroyli va ma’noli bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi faoliyatining muhim va aholi, tadbirkorlarimiz uchun o‘ta zarur yo‘nalishlaridan bir bu toponimikadir, u lotincha topos — joy, onoma — ism, nom so‘zlaridan olingan bo‘lib, jo‘g‘rofiy nomlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, o‘zgarishi, to‘g‘ri yozilishini o‘rganadi va tashkillashtiradi.

Bu yo‘nalishda Namangan viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilib, 2020-yil 20-yanvardagi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 34-son qaroriga muvofiq, mahalliy hokimlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari bilan Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi toponimika xizmati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik natijasida geografik obyektlar nomlari davlat reyestrida jamlangan 36 279 ta nomning 10 975 tasi, ya’ni 32,5 foizi davlat reyestriga kiritildi.

Qonunchilikka ko‘ra, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishni amalga oshiruvchi organlar geografik obyektlarga nom berilganligi va ularning nomlari o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun o‘n kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etishi shart.

Hozirgacha Namangan viloyatidagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish bo‘yicha 11 067 ta nom Kadastr agentligining ekspert komissiyasiga taqdim etildi. Shundan 9917 ta geografik obyekt nomiga ijobiy xulosa berildi. 1150 ta nom qayta ko‘rib chiqish uchun hududiy komissiyalarga qaytarildi.

Bundan tashqari, viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlarining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan 7 011 ta nom o‘rganib chiqildi. Shundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lgan 9779 ta nom belgilangan tartibda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri bazasiga kiritildi.

Geografik obyektlarga nom berish hamda ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha hududiy komissiyalar tomonidan  Qonunning 9 va 10-moddalari ijrosi bo‘yicha mahalliy Kengashlarning 23 ta qarori bilan 3 011 ta geografik obyekt nomi tasdiqlandi va davlat reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligiga taqdim etildi.

Mahalliy Kengashlarning geografik obyektlarga nom berish hamda ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha Namangan viloyatida 18 ta qaror qabul qilindi va viloyatda 7 224 ta (83,2 foiz) ko‘cha nomlari davlat reyestriga kiritildi. 

Ayni paytda davlat reyestriga kiritilmagan 7 833 ta ko‘cha nomining 3 858 tasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining tegishli qarori bilan tasdiqlash jarayonida, 1975 tasi bo‘yicha nom berish, ekspertizadan o‘tkazish uchun tegishli hujjatlar to‘planmoqda. 

Bu yo‘nalishdagi ishlar jadal davom etmoqda.

Matbuot xizmati.

Report Page