“Top 100 Barkamol Iqtidorlari – 2025”

“Top 100 Barkamol Iqtidorlari – 2025”

 Onlayn tanlovi nizomi


1.    Umumiy Qoidalar

 

1.1. “Top 100 Barkamol Iqtidorlari – 2025” onlayn tanlovi (keyingi o‘rinlarda “Tanlov” deb ataladi) 2025 yil davomida “Barkamol avlod” respublika bolalar maktablari tizimi tomonidan tashkil etiladi.

 1.2. Tanlovning maqsadi bolalarning intellektual, ijodiy, texnik va sport sohasidagi iqtidorlarini rivojlantirish, yoshlarning yutuqlarini ommalashtirish           va ularni rag‘batlantirishdir.      

1.3. Tanlov “Barkamol avlod” respublika bolalar maktablari faoliyat yo‘nalishlariga mos ravishda o‘tkaziladi.

 

2.    Tanlovning maqsadlari va vazifalari

 

    Yosh avlodning iqtidorlari va qobiliyatlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash.

“Barkamol avlod” to‘garaklari a’zolarining ilg‘or yutuqlarini namoyish etish.

Respublika bo‘yicha iqtidorli yoshlar bazasini shakllantirish.

Tanlov g‘oliblari asosida bolalarni xalqaro va milliy tanlovlarga tayyorlash.

 

3.    Tanlov ishtirokchilari

 

3.1. Tanlovda 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etishi mumkin.

3.2. Qatnashish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar:

·    Madaniyat va san’at;

·    Texnika, konstruktorlik va modellashtirish;

·    Jismoniy tarbiya va sport;

·    Hunarmandchilik va qo‘l mehnati;

·    Turizm va ekologiya;

·    Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov;

·    Xorijiy tillar.

 

4.    Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi

 

4.1. Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich (hududiy): 1–5 avgust, tuman va shahar “Barkamol avlod” maktablari darajasida;

2-bosqich (viloyat): 7–11 avgust, viloyat darajasida saralash;

3-bosqich (respublika): 15–22 avgust, respublika final bosqichi.

 4.2. Tanlov materiallari (video, foto, ish namunasi) onlayn tarzda maxsus platforma yoki Telegram kanali orqali qabul qilinadi. Ijodiy ishlar https://t.me/barkamol_admin1 manziliga yuboriladi.

 4.3. Har bir bosqichda ishtirokchilarning ishlari ekspertlar va hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

 4.4. Har bir hududdan har bir yo‘nalish bo‘yicha bitta ishtirokchi g‘olib tanlanib, respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.

 

5.    Tanlovda ishtirok etish shartlari

 

5.1. Ishtirok etish uchun quyidagilar taqdim etilishi kerak: ariza, pasport                  (yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma) nusxasi, to‘garak rahbarining tavsiya xati va ijodiy/texnik/sport ishi.

5.2. Ish formati: video (maksimum 3 daqiqa), Foto (3–5 ta rasm), matnli izoh (qisqacha tavsif).

5.3. Tanlovda ishtirok etish bepul.

 

6. Baholash mezonlari

Jami: 100 ball

·      Ijodkorlik va yangilik (0–30 ball): Ishdagi o‘ziga xoslik, ijodiy yondashuv, yangi g‘oyalar va innovatsiyalar.

·      Texnik va estetik saviya (0–25 ball): Ishning sifati, estetik ko‘rinishi va texnik puxtaligi.

·    Amaliy ahamiyat va ijtimoiy foyda (0–25 ball): Ishning amaliy hayotda qo‘llanilishi va foydaliligi.

·       Taqdimot mahorati (0–10 ball): Materialning tushunarli va ravon taqdimoti.

·      Yoshga moslik va individual mehnat (0–10 ball): Ishning yosh darajasiga mosligi va mustaqilligi.

 

Ballar bo‘yicha taqdirlash:

90–100 ball: I darajali diplom;

75–89 ball: II darajali diplom;

60–74 ball: III darajali diplom;

59 va undan past: rag‘batlantiruvchi sertifikat.

 

6.    Sovrinlar va rag‘batlantirish

 

7.1. Respublika bosqichida eng yaxshi 100 nafar ishtirokchi “Top 100 Barkamol Iqtidorlari – 2025” unvoniga sazovor bo‘ladi.

Ijodiy ishlar Respublika bosqichi davomida @barkamol_iqtidorlari rasmiy kanalida yoritib boriladi.

7.2. G‘oliblar diplom bilan taqdirlanadi.

7.3. Ayrim g‘oliblar xalqaro tanlovlarga tavsiya etiladi.

 

7.    Moliyalashtirish manbalari

 

Tanlovni o‘tkazish va g‘oliblarni rag‘batlantirish xarajatlari tashkilotchi muassasalar, homiylar va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

8.    Yakunlovchi qoidalar

 

9.1. Tanlovda qatnashish orqali ishtirokchi o‘z ishidan promotsional maqsadlarda foydalanish huquqini tashkilotchilarga beradi.

9.2. Nizom talablari va shartlari “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.

9.3. Nizomga o‘zgartirish kiritish huquqi tashkilotchilarga tegishli.

Tashkilotchi: “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi

 



Report Page