Tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda


Alisher Mavlonov


⚡️Chinoz tumani hokimining oʻrinbosari Nasiba Qoraboyeva "Humo" mahalla fuqarolari yig‘inida aholining daromadini oshirish, tomorqadan unumli foydalanish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.


⚡️“Humo” mahallasi aholisining xonadonlarida fuqarolar va nuroniylar bilan suhbat o‘tkazgan holda “mahalla yettiligi”ning faoliyati o‘rganildi.


⚡️Muloqotda tomorqa imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda aholining bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash hamda yoshlar tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.


Shuningdek, xonadonlarda tomorqa va uy xo‘jaliklari imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, yerdan samarali foydalanish, issiqxonachilikni ommalashtirish, chorvachilik va boshqa qo‘shimcha daromad manbalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.


Report Page