❔ Tojikiston va Rossiya: vazirlar muloqoti nima bilan tugaydi?

❔ Tojikiston va Rossiya: vazirlar muloqoti nima bilan tugaydi?

@migrantuz

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin va uning rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bugungi suhbatni muhokama qildi, deya xabar bermoqda "Aziya-Plyus" axborot agentligi Tojikiston TIVga tayanib. Biroq suhbat tafsilotlari oshkor etilmagan, vazirlik ular keyinroq ma’lum qilinishini bildirgan. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Lavrov Muhriddinga “Krokus Siti Xoll”dagi fojiadan so‘ng Rossiyaga kelgan xorijlik fuqarolarni sinchiklab tekshirilishi sababini tushuntirib, bu choralar vaqtinchalik ekanligini va muayyan millat yoki diniy guruhga qarshi qaratilgan emasligini ta’kidlagan.

Lavrovning tojikistonlik hamkasbiga qo‘ng‘iroq qilishi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigorevga norozilik notasini taqdim etganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi. Unda Rossiyada Tojikiston fuqarolariga nisbatan salbiy munosabatning ko‘paygani, shuningdek, ularning huquq va erkinliklari buzilishidan jiddiy xavotir bildirilgan.

“Krokus Siti Xoll”dagi teraktdan keyin Rossiyadagi mehnat muhojirlariga nisbatan nazorat va bosim sezilarli darajada oshdi. Moskvaga kelganlar ayeroportlarda ushlanib, hujjatlari tekshirilmoqda. Ayrimlarga ruxsat berilsa, boshqalari esa Dushanbega qaytarilmoqda. Quruqlikdagi chegaralarda ham muammolar yuzaga keldi: Qozog‘iston va Rossiyaning Orenburg viloyati chegarasidagi “Sargarchin” nazorat-o‘tkazish punktida yuzdan ortiq avtomobil bir necha kun davomida to‘xtab qoldi.

Muhriddin Lavrov bilan telefon muloqoti chog‘ida Rossiya hukumati tomonidan qo‘llanayotgan keskin choralar tufayli Tojikiston fuqarolarining Rossiyadagi og‘ir ahvolini muhokama qilgan. Vazir bu kabi harakatlar ikki tomonlama munosabatlar tamoyillariga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi. U, shuningdek, Rossiya tomoni asosiy ikki tomonlama va ko‘p tomonlama qoidalarga rioya qilish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Muxriddin Lavrovning muayyan millat yoki dinga nisbatan qo‘llanilayotgan chora-tadbirlarning yo‘naltirilmasligi haqidagi bayonotiga javoban, salbiy harakatlar faqat Tojikiston fuqarolariga nisbatan qo‘llanilishini ta’kidladi.

Report Page