To‘g‘ri ovqatlanish tartibi:

To‘g‘ri ovqatlanish tartibi:


* ertalab nonushta qilmaslik eng katta xato; 

* uyqudan turgach, 

2 stakan xona haroratida bo‘lgan suv ichish. Negaki, iliq suv odamning kun davomida faol bo‘lishiga yordam beradi;

* shuningdek, och qo­ringa suv ichish ovqat hazm qilish traktining to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. Ichak motorikasini tartibga soladi, gastrit, ich qotishi va oshqozon-ichak trakti kabi kasalliklarning oldini oladi;

* alohida ta’kidlash joiz, kun davomida chanqog‘ingizni toza suv bilan qondirgan ma’qul. Boshqa ichimliklar, ayniqsa, tarkibida shakar bo‘lgani tanani kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlamaydi; 

* kun davomida imkon qadar, tanani va o‘zingizni zo‘riqtirmagan holda uch-to‘rt litr suv ichish lozim. Bu organizmda to‘plangan toksinlarni tezroq chiqib ketishiga yordam beradi;

* shirinliklar iste’molini nazorat qilish lozim;

* kefir ham ortiqcha vazn­ga qarshi kurashishda eng foydali mahsulotlardan hisoblanadi. Uning fermentlangan probiotiklari ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada hazm qilish, vitamin va minerallar so‘rilishi yaxshilanadi;

* kuniga yarim soat ochiq havoda yayov yurish;

* eng asosiysi, jismoniy faollikni kundalik ish tartibiga kiritish. Bu har qanday parhezning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Adolat FAYZIYEVA,

o‘z muxbirimiz.

Report Page