Tilim barhayot – elim barhayot
Farg‘ona AKMO‘bek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi va Marg‘ilon shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Tilim barhayot – elim barhayot” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shoir va yozuvchilar, Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi vakillari, san’atkorlar, xalq ta’limi boshqarmalari mutasaddilari, ijod maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar tilimizning davlat tili sifatidagi o‘rni va ahamiyati, o‘ziga xos boy va go‘zal jilosi, shuningdek, uning rivoji va umrboqiyligini ta’minlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida gapirib o‘tdilar.
Tadbir davomida shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovning turli yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi videorolik” tanlovida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi g‘olib deb topildi.
Tadbir davomida maktabning o‘quvchilari tomonidan dillarga yaqin go‘zal qo‘shiqlari, tayyorlagan badiiy dastur namoyishi, she’riy aytishuvlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.