Til bor ekan, millat barhayotdir

Til bor ekan, millat barhayotdir


Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar!

Barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!

Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi.

Xususan, 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeadir. 

Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan qator farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Bugun O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligini nishonlar ekanmiz, tilimizni rivojlantirish, uning nufuzi va maqomini oshirish borasida xalq ta’limi sohasi xodimlari oldida katta mas’uliyat borligini yanada chuqur his etamiz. Bu yo‘lda o‘zimizning bilimimizni, kuch g‘ayratimizni ayamaymiz!

Fursatdan foydalanib barchangizni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklayman! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, tilimiz ravon, yuzimiz hamisha yorug‘ bo‘lsin!


Hurmat ila,

Shokir Sultonov

Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

Report Page