"Til bilimdonlari" tanlovi 2-mavsum nizomi

"Til bilimdonlari" tanlovi 2-mavsum nizomi

izzatxo'ja Asomiddinov

@TalabaYoshlar jamoasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorlikda "Til Bilimdonlari" tanlovi 2-mavsumini eʼlon qiladi!


1.1) Tanlovning 1-bosqichida ishtirokchilar referal yigʻishlari (doʻstlarini taklif qilishi) kerak boʻladi. 21-noyabr kuniga qadar eng koʻp doʻstini taklif qilgan 200 kishi 2-bosqichga oʻtadi. Shulardan eng yuqori oʻrindagi TOP-20talik "Eng faol targʻibotchi" sertifikati bilan taqdirlanadi (bu safar 1-bosqichni oʻzida sertifikat olish mumkin);
1.2) Doʻstlarni taklif qilishni xohlamaydiganlarga esa 21-noyabr kuni @tilbilimdonlari kanalida 30 ta test beriladi, shu testdan kamida 29 ta ishlaganlar ham 2-bosqichda ishtirok etadi (test uchun vaqt 30 daqiqa).

2.1) 2-bosqichga oʻtgan barcha ishtirokchilar alohida guruhga qoʻshiladi va ularga 22-noyabr kuni 60 ta test beriladi (test uchun vaqt 1 soat) va eng yuqori 50 ta natijaga erishgan ishtirokchilar 3-final bosqichida ishtirok etadi.

3.1) 3-final bosqichida ham ishtirokchilar alohida guruhga qoʻshiladi va ularga 60 ta test beriladi (test uchun vaqt 1 soat). Yakunda eng yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar gʻolib deb topiladi (ballar teng boʻlib qolsa testni kim avval yakunlagan boʻlsa oʻsha ishtirokchi yuqori oʻrinda boʻladi). 

3.2) 2-3-bosqichlardagi test savollari oʻzbek tili imlo qoidalari va xatosiz yozish boʻyicha hamda quyidagi 3 ta badiiy asarlardan tuziladi:
Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" asari;
O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asari;
Jorj Oruellning "Molxona" asari.

3.3) 3-bosqich ishtirokchilarining barchasi sertifikat bilan taqdirlanadi. Eng yuqori 3 talik oʻrin egalari esa mos ravishda I, II, III darajali diplom hamda mos ravishda 2 million, 1.5 million va 1 million pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.


Tanlovda pul yutuqlari faqatgina talabalar (bakalavr, magistr, doktorant), o'quvchilar (faqatgina kollej, texnikum, litsey o'quvchilari) hamda o'qituvchilarga ( faqatgina oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida faoliyat olib boradigan) taqdim etiladi.

Agar tanlovda yuqoridagi toifalarga kirmaydigan ishtirokchilar yuqori o'rinlardan birini egallasa, kitoblar to'plami va diplomlar bilan taqdirlanadi.



Report Page