⚜️“Til – millat ko‘zgusi”⚜️
🔰Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 117-sonli qarori ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📚Shunga muvofiq, hozirda Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda.
♻️Tumandagi 1-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida tashkil etilgan ushbu kurslarda tumandan jalb etilgan 45 nafar xodim ishtirok etmoqda.
📖Mazkur kurslarni tashkil qilishdan maqsad, rahbar va xodimlarning davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini oshirish hamda tashkilotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori ijrosini ta’minlash uchun zamin yaratishdan iborat.
📆Kurslar davom etmoqda.