Tibbiyotning barhayot siymosi

Tibbiyotning barhayot siymosi

M.Qiyomova

Jalol Nosirovich Maxsumov - rentgenradiolog, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Rossiya Tibbiyot Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1969), tibbiyot fanlari doktori (1952), professor (1954).

1920-yil 5-dekabrda tavallud topgan. Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1942). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Toshkent tibbiyot akademiyasi rengenologiya va tibbiyot radiologiyasi kafedrasida assistent, dotsent (1948—54), professor (1954—62), 1962-yildan kafedra mudiri, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Ilmiy tibbiyot kengashining raisi.

Oʻt pufagi kasalliklarining klinik diagnostikasida bilitrast preparati yordamida xoletsistografiya qilish usulini amaliyotga tatbiq etgan. Ilmiy faoliyati, asosan, meʼda-ichak, oʻt yoʻllari va oʻpka kasalliklarini rentgenradiologik usulda aniqlashga, oʻpka kasalliklari hamda oʻsmalarni rentgen nurlari va gamma-nurlar bilan davolashga bagʻishlangan.

2000-yil 20-mayda vafot etgan.

Report Page