Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish kuchaytirilmoqda

Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish kuchaytirilmoqda

Koson tuman adliya bo'limi

Bizga ma’lumki, 2022-yil 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-136-son Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15 foizga, ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga, tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi, 2022 yil 1 iyundan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) shakllantirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining umumiy hajmiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanishi, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar tibbiyot muassasalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida — umumiy xarajatlarning 10 foizi, respublika va viloyat darajasidagi boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida — umumiy xarajatlarning 5 foizi. Jamg‘arma mablag‘larining 75 foizi guruhidan qat’i nazar barcha davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga, 25 foizi — tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

2022 yil 1 sentabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining xodimlariga ularning tibbiyot sohasidagi ilmni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini inobatga olgan holda, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.



Report Page