Tibbiy ko‘riklardan aholi xursand
Viloyat 4-sektor tashabbusi bilan joylarda, chekka-chekka hududlarda aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda.
Bu galgi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik Vobkent tumani “Quruvchi” mahalla fuqarolari yig‘inida o‘tkazildi. Bunda malakali endokrinolog, nevropatolog, revmatologlar tibbiyot mutaxassislari fuqarolarni birma-bir tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Tibbiy ko‘rikka tashrif buyuruvchilar shu yerning o‘zida UZD va EKG uskunasi orqali tekshiruvlardan ham o‘tkazildi.
Ko‘rik jarayonlariga kelolmay qolgan, uyda shifokorlar tavsiyasi bilan davollanayotgan xonadonlarga borilib bemorlar holidan xabar olindi.
Mahallaning “Bunyodkor” ko‘chasida istiqomat qiluvchi Ismat Qodirov va uning ayoli yurak xurujini boshdan kechirib bir necha oydan buyon shifokorlar nazoratida uyda davollanmoqda. Tibbiy ko‘rik jarayonida malakali tibbiyot mutaxassislar uning xonadonida bo‘lib Ismat Qodirov va uning ayolini yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazdilar. Kerakli maslahat va tavsiyalarini berdilar.
Ta’kidlash lozimki mahallalarda o‘tkazilayotgan bu kabi tibbiy ko‘riklardan ko‘zlangan asosiy maqsad, kasallikni erta aniqlash va uni bartaraf etish choralarini ko‘rishdan iboratdir.
Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.