#Theory_of_night

#Theory_of_night


#Theory_of_night


Episode 07


WARNING! EPISODE *ADULT SAHNALARDAN IBORAT!



Odatiy tong. Tungi sarguzashtlar sabab charchagn tana vaqtni ham pisand qilmagancha qizning tanasini yotoqqa mixlagan. Shahar allaqachon hayot to'lqinida jo'shmoqda. Biroq u emas. Yona hali ham sarxushtlik girdobida. Ust kiyimlarni yechishga bo'lgan intilishlar boy berilgan kecha sabab qiz hamon klub uchun atalgan kiyimda. Yengil ipli koftagagina ishonilgan qizning ko'ksi ayni damda iplarning nazoratsizligi sabab ochiqlangan. Pastlash bilan mato qorin qismiga yig'ilgan manzarani namoyon qiladi. Qizning ochiq terisi choyshab ostiga berkitilgan. Tundagi iliqlikka talpinish bilan bo'shatilgan tugmalar yopilish uchun ishtiyoqsiz. Choyshab esa tugmalar ochiqlagan to'rli mato ustiga yozilgan brand nomini yashirmoqda. Kerakli deb hisoblangan uyqu vaqtidan keyin uyg'ongan ong hali ham charchog'i tarqamagan tana bilan kurashmoqda. Qiz ko'zlarini ochishga intilganda og'ir qovoqlar imkon bermaslikni tanlagan. Qizning tetiklashishga urungan tanasi bel qismida sezilgan og'riq bilan choyshabni paypasladi. Tunda unutilgan telefon qizning tanasi ostidan olindi. Yona qo'l telefonini nari uloqtirgancha endigina ochilgan ko'zlarini shiftga tikdi. Tiniqlashib borayotgan qizning ongi tasodiy takrorlangan jumlalarni qizning lablariga ko'chirdi.

- bokira farishta, - xiragina ovozda takrorladi qiz. Keyingi ikki daqiqa ichida qizning hayollari tungi suhbatning barcha qismini eslab o'tdi. Shoshilinchlik bilan choyshab yerga uloqtirildi va qiz shimning bo'shatilgan tugmalari bilan yuzlashdi. Qo'ng'iroq davomida qizning iliq haroratini oshirgan Jiminning chuqur mazahlagan kulgusi ongning barcha qatlamlarini qayta to'ldirdi.

- ming la'nat, - shivirladi Yona bo'shagan tugmalariga qaragancha Jiminning qaytish va qondirilish to'g'risidagi va'dasini yodga olib. Yona kafti bilan yuzini yopgancha noaniq qiyofasini to'sdi. U hislarida butkul adashib ketdi. U shunchaki mast edi. Biroq va'da olinib bo'lindi.

- ming la'nat, - balandroq baqirdi qiz asabiy.


 ***

Timeskip | 1 hafta


Tunning allaqaysi qismi. Umumiy xonadagi yumshoq o'rindiqda oyoqlarini yig'ib ekranga termulgan qiz dunyoni unutgandek ko'rinmoqda. Qiz allaqaysi sabab pastki labini qimtidi. Oyoqlariga tashlab olgan yopinchiqni biroz o'ynab lablarini ochgan ko'yi shaftoli bo'lagining bir qismini tishlari bilan ezdi. Sahna hamon ekranda o'ynagancha bo'sa sahnalari yakunlandi. Qiz yengilgina xo'rsindi. Eshikning yengil chaqirig'i xona ichiga kirdi. Yona xohishsizgina yopinchiqni ko'tarib filmni to'xtatgach eshikni ochish uchun yo'lakchaga chiqdi. Eshik tirqishi orqali aniqlangan qiyofa qizning nafasini olib qo'ydi. Yona eshikka suyangan ko'yi allaqachon buzilgan yurak ritmini joylashga urundi. Yana bir chaqiruv. Yona shunchaki e'tiborsiz qoldira olmasligini butun tanasi bilan his qilmoqda. Biroq aytilgan so'zlar xotirasi qizning qarorlarini chalkashtirgan. Bir qancha daqiqa davom etgan rad etishga urunishlar so'nggi eshik qulfining xalos etilgandagi yengil ovozi bilan yakun topdi.

- janob Park, - nafasi betartiblangan qiz risoladagidek bo'lishga urungan ko'yi Jiminga qaradi.

- xayrli kech haydovchi Kang, - uning ovozi endi haddan oshiq oddiy. Soflik. Mazahlash yo'q. Ehtiros ushlanmoqda.

- qanday keldingiz? - Yona eshik tashqarisiga nazar solgancha dedi.

- men taksidan foyalanishni yaxshi bilaman, - Jimin ichkariga kirib devorning bir qismiga suyandi. Eshikni yopgan Yona uning qarshisida so'zlarini yo'qotgancha sukut saqlamoqda.

- kechagi tunda meni kutdingmi? - so'radi Jimin. Yona inkor etgancha bosh silkiganda tanasi Jiminning ta'sirida qizning yolg'onini fosh qilishga urundi. Yona pastki labiga tishlarini botirib go'yo chiqishga urunayotgan haqiqatlarni yopdi.

- men yo'l charchog'i bilan ilk tuningni to'liq zavqlanishdan to'sishni istamadim, - qizning tana haqiqatidan javob olgan Jimin u tomon qadam bosdi.

- men kutmadim, - inkor etishga urundi qayta qiz. Jimin tushungandek bosh silkidi. Endi masofalar avvalgidan biroz qisqaroq. Yona nigohini soniyalarga Jiminga qaratdi. Yigitning ko'zlari unga o'sha suhbatni eslatyotgan kabi. Qiz nigohlarini pastga qaratgancha yana o'sha odatni takrorladi. Jimin uning har bir ifodasini o'rgangancha barmoq uchlari tishlar orasida xo'rlangan lablarga tegdi.

- sen buni yana takrorlayabsan, - Jimin o'sha xotirjam ovozda ma'lum qildi. Uning barmog'i qizning pastki labini yoqimli erkalamoqda. Yona ko'zlarini Jiminga ko'tardi. Jimin u tomon egildi.

- men ham ularni tishlashni istayman, - Jiminning ovozi hamon xotirjam. Yona og'ir yutundi. U inkor qilolmaydi. U buni istaydi. Bu shunchaki xohishdan ko'ra ko'proq. Yona butun vujudi bilan bunga muhtoj ekanini his qiladi.

- bu menga yoqqan bo'lardi, - Yona ortiq ushlab qololmasligini his qilgancha shivirladi. Jimindagi tabassum sezildi. Qiz uning nigohlari bilan to'qnashdi. 

Jimin barmoqlarini qizning yanoqlariga o'tkazdi. Yana biroz siljish bilan Jiminning kafti qizning bo'ynini egalladi. Jimin keraksiz masofani yo'q qilgancha qizning lablariga qadar pastladi. Yona ko'zlarini yumdi. Ilk bora. U Jiminning iliq lablari o'ziniki bilan birlashganini his qildi. Yengillik. U butun tanasi bo'ylab kuchli xohish to'lqinini sezmoqda. Jiminning soniyalik yengilligi tubdan o'zgardi. U qizning pastki lablarini tishlari orasiga olgancha og'iz bo'shlig'iga tortdi. Yoqimli og'riq qizning umurtqa suyaklarini titratdi. Biroz tin va Jimin qizning yuqori labiga intildi. Yigitning tishlari nozik lab terisini ayamay ochlik bilan tortqiladi. Qiz qarshilik qilmadi. Uning tanasi bu uchun allaqachon kuchsiz ekanligini tan olgan. Jimin to'xtashni istamay qizning lablarini tishlari orasiga olgancha azobladi. Ochlik. Ikkisi ham ichida uyg'ongan bu ochlikka ortiq bardosh berolmasligini yaxshi biladi. Qizning qo'llari yigitning mushaklarini siqdi. Jimin imkon berdi. U qiz betoqlantirgan tanasini birgina bo'sa bilan qondirishga urungan kabi harakat qilmoqda. Yigitning kafti qizning sochlari orasiga suqilib kirgancha uning betartiblangan sochlarini yig'ib qo'llariga o'radi. Shu tarzda qizning yuzini o'ziga ko'tarib tili bilan qizning og'zi bo'shlig'iga kirdi. Besabrlangan qiz yigitning tilini o'ziga chuqurroq tortdi. To'yish hissi unut bo'lgandek edi. Kislorodga muhtojlik oshib bormoqda. Nihoyat qizdan uzilgan Jimin uni hali ham qo'yib yubormay peshonasini qizniki bilan birlashtirdi. Ikkisining ham olayotagn nafasi bir birini kuydirmoqda.

- ahloqsizik qilyabsiz, - shivirladi qiz entikkan nafaslari orasida.

- ahloqsiz ekanligimda senga ko'proq yoqishimni inkor etolmaysan, - Jimin qiz tomon yana surilganda Yona ham unga bo'lgan ishtiyoqini berkitmadi. Jimin yana qizning lablarini tishlari orasiga oldi. Yigitning bo'yni atrofida o'ralgan qo'llar sochlar tomon surilib kaftiga siqimladi. Qiz oyoqlari uchiga qadar ko'tarilib ko'proq yaqinlik istashini berkitmadi. Qanchadir muddat davom etgan bo'sa kislorodga bo'lgan muhtojlik sabab buzildi.

- menga yotoqxonangni ko'rsat, - bir daqiqa nafas rostlashdan keyin so'zga kirdi Jimin.

- o'ngdagi eshik, - devorga suyanib olgan Yona javob qaytargach Jiminning kafti qizning sochlari orasida bo'shashib uni tinch qo'ydi.

Jimin aniq maqsad bilan xona tomon yurib ketdi. U qizga tanlash imkonini qoldirgandek. Lekin bu javobi aniq bo'lgan imkon. Yo'lakcha devoriga suyanib olgan Yona tanasini yurishga majbur qilarkan Jiminning qo'li sabab tartibsizlangan sochlarini orqaga taradi. Yo'lakdan yotoqxona eshigiga qadar bo'lgan yo'l qiz uchun muhim qarorning yuzaga chiqishi. Eshik oldiga kelgan qiz chuqur nafas olgancha o'zini tutishga urundi. Biroq eshik ortida kutayotgan inson haqidagi o'y uning yurak ritmi sekinlashishiga imkon bermaydi. Yona eshikni itargancha ichkariga kirdi. Jimin qizning kichik yotog'ida qo'llarini ortga suyanch qilgancha xotirjam qizni kutmoqda. U eng avvalidan bilgan. Yona bu eshikni ochib uning bag'riga talpinishi Jimin uchun eng boshidan ma'lum edi. Jimin nigohlarini qizning butun tanasi bo'ylab kezdirdi.

- tashqaridan juda tartibli ko'rinasan, - so'zlarini boshlagan Jimin endi yotoqdan turib eshik oldida turgan qiz tomon yurdi, - ammo ichkarida, - Jimin qizning qarshisiga kelgancha barmog'ini qizning ko'kragi orasiga niqidi, - erkaklarni telba qiluvchi kuch bor, - Jimin qizning quloqlari oldiga qadar egildi, - mana shu bokira ko'zlaring ortiga yashiringan buzuqlikni ko'rishni istayman, - Jimin so'zlarini yakunlagan ko'yi qizning terisiga lablarini bosdi. Yengil o'pichlar qizning quloq ortidan nafas yo'liga qadar tushib bordi. Erkalagan lablar ta'sirida qizning chalkash savollari xira tortib faqatgina tanasi istayotgan xohish bilan Jiminga talpindi. Jimin qizning terisidan uzoqlashdi. Yona buni istamagani ma'lum bir qiyofa bilan Jiminga tikildi. Yigitning yuziga o'ynoqi tabassum oraladi.

- sabr qil, bokira farishtam, - shivirladi Jimin. Yona bosh chayqadi. Jimin qizning futbolkasini ko'targan ko'yi qizning tanasini o'zi uchun kengroq ochdi.

- ich kiyimni unutgan ko'rinasan, - futbolkaning ostidagi qo'lini yuqoriroq ko'targan Jimin qizning hech qanday mato yopmagan ko'ksini kaftlari orasida siqimladi. Yonaning boshi Jiminning yelkasiga tushib entikkan nafasni yutdi. Jimin qo'llarini surib qizning qorin bo'shlig'ini erkaladi. Yona qayta qaddini rostlaganda u qizning nigohlarini tutib savoli uchun javob izladi. Jiminning ko'zlarida Yonadagi ehtiros aksi o'ynadi. Jilmayish va bir qancha yengil harakatlar bilan qizning oddiy futbolkasi tanasini tark etgancha polga uloqtirildi. Jimin qizning ochiq yelkasiga lablarini bosdi. Iliqlik qizning qorin bo'shlig'ida o'ynadi.U yengil harakatlari bilan qizni avragancha nazoratsizlikka boshladi. Yonaning qo'llari Jiminning bel atrofida yigitning futbolkasini siqib olgan. U endi tishlarini qizning yelkasiga botirgancha o'z imzosini joyladi. Yona ovoz to'lqinini to'sishga urundi. Jimin qizning yelkasidan uzoqlashgandagi manzara uning hayollarini yanada qorong'ulashtirdi. Yigitning bosh barmog'i tishlar orasida qisilgan labni tortdi.

- sen ularni yana tishlayabsan, - ehtiros ufurgan ovozda shivirladi Jimin, - bu lablar meniki, - Jiminning boshqa barmog'i bosh barmog'iga qo'shilgancha qizning lablarini siqdi, - endi ularni tishlasang jazolayman, - Jimin qizning gapirishiga imkon bermay barmoqlari siqib olgan labni og'zi bo'shlig'iga tortdi. Yona qisib olgan matodagi bosim ortdi. Tezda uzoqlashgan Jimin qizni yotoq tomon boshladi.

- men uchun ularni yech, - Jimin qizning bir qismini yopib turgan sport shimiga ishora qildi. Keyin o'z ustidagi ko'ylak tugmalarini birin ketin bo'shata boshladi. Yonaning endigina kiyimiga yetgan qo'llari Jiminning ochiqlangan tanasi sabab to'xtadi. Qiz uchun bu manzara begona emas. Shunga qaramay bu hayajonlantirmoqda.

- ular ajoyib, - Jiminning bel qismidagi tattoolarda qolgan qizning ong beixtiyor hayolidagi gaplarni nutqqa ko'chirdi.

- tegib ko'rishni istaysanmi? - Jimin qizning kaftini allaqachon o'z tattoosi tomon yo'naltirdi. Qizning barmoq uchlari harflar ustiga tushdi. Yona harflarni qayta chizgan ko'yi Jiminning ko'zlariga termuldi. 

- men ham birini istayman, - Yonaning so'zlari sabab Jimin qizning ko'ksiga yaqinroq egilib uning terisini og'iz bo'shlig'iga tortdi. Bir qancha chuqur entikish bilan qizning terisi ustida boshqa bir iz qoldi.

- senga bu ko'proq yarashadi, - Jimin til uchini qizning qizargan terisida o'ynatdi.

U yana Yonaning nigohlariga ko'tarilganda qizning belidan quchib yotoqqa tashladi. Yigitning qo'li allaqachon qizning sport shimi muammosi bilan ovvora bo'larkan qizni telba qilishni istagan Jimin shimning pastlagan matosiga mos tarzda lablarini qizning ochiq oyog'iga joyladi. Mato pastlagan sari Jiminning ham lablari pastlab bormoqda. Yonaning oyoq barmoqlari choyshabga botirilgancha hislanishdan beli yuqoriga talpindi. Shimdan qutulgan Jimin kaftlarini qizning ochiq oyoqlari bo'ylab yurg'izgan ko'yi erkaladi. Keyingi harakat bilan so'nggi mato parchasi ham qizning tanasidan olib tashlandi. Jiminning erkalashlari hali tinmagan. Qizning yigitgan bo'lgan xohishi butunlay nazoratni unutgan. Yonaning nafaqat tanasi balki ongi ham yigitga bo'lgan xohish alangasi ichida. Uning ovoz to'lqinlari boshqaruvsiz lablar orasidan chiqmoqda. Jimin o'zining kiyimlarini ham uloqtirib qayta qizning tepasiga qaytdi. Yonaning nigohlari oyoqlari orasiga joylashgan yigitda. Jimin behayo jilmashini tashlamay lablarini qizning to'pig'iga bosdi. Nam izlar bilan qizning oyoqlari bo'ylab yuqorilagan Jimin kerakli nuqtada yetarli qo'pollik bilan navbatdagi belgini muhrladi. Yonaning alanga ichidagi ongi tanasini boshqargancha yigitning sochlarini tortqilashga undadi. Qizning ikki kafti ham Jiminning sochlarini siqib olgancha ko'proq yaqinlik ilinjida yuqoriga intilmoqda. Yana o'sha tabassum. Jimin qizning kaftlarini sochlari orasidan olib qaddini rostladi. Qizning qulay yoyilgan oyoqlari orasida tizzalagan yigit ma'lum jilmayish bilan tishlari orasiga himoyalovchi vosita qadog'ini oldi. Tortish bilan parchalangan plastik qadoq va Jimin qizdan izn so'ragandek biroz unga termuldi. Yona bosh chayqadi. Rozilik bilan himoyalangan Jimin tanasi egib qizning yuqorisiga joylashdi. Bir qo'lini tayanch qilgan Jimin harakat avvalida yana Yonaning nigohlarini tutdi.

- ishonching komilmi? - so'radi Jimin amin bo'lish uchun.

- ha, - qisqa javob va tana mushtoq bo'lgan iliqlik Yonani to'ldirdi. 

Qizning chap qo'li Jiminning bilagini siqib olganda tanasi erishilgan iliqlik tomon yuqoriladi. Yigit Yonaning quloqlari oldiga egilgancha yoqimli so'zlar bilan qizni ovutdi. Qizning chuqur nafaslari Jiminning harakatlari sabab chuqur nolalarga aylandi. Yonaning sonini qisib olgan Jiminning qo'li yuqorilab choyshabni qisgan qizning qo'lini topdi. O'ng qo'lni ham Yonadan halos qilgach ikki kaftlar birlashib ketdi. Jimin qizning barmoqlarini o'ziniki bilan to'ldirgancha ularni yotoqqa bosdi. Harakatlarini to'xtatmay qizning bardoshiga mosladi. Uning maqsadi qizning barcha ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Jiminning har bir harakati qizdan chiqayotgan rohatni oshirmoqda. Yona uchun butun dunyo Jiminga aylangan. Yuqorisidagi yigitning ehtiros kasb etgan qiyofasi har bir bo'shliqni to'ldirgan. Og'riq va rohat tushunchasi ayni damda bir ma'noni anglatmoqda. Yona uning kaftlarini siqib olgancha bo'ysunmas tanasining zavqdan intilishlarini Jiminning to'lqiniga tashladi. Yoqimli iliqlikning surilish bilan berayotgan rohati qizning och tanasini to'ydirmoqda. Jimin qizning qo'llarini bo'shatgancha tanasini biroz ko'tardi. Endi harorat oshdi. Uning harakatlari ham endi yoqimli emas. Jimin ham o'z nazoratini qizning tanasidan olgan rohatiga boy berib bo'ldi. Oshgan ritm bilan qizning lablari orasidan balandroq nolalarga erishildi. Jimin o'ng kaftini qizning bo'yni atrofida o'ragancha hukmronlikka da'vo qilgandek edi. Kichik bosim bilan to'silgan kislorod sabab qizning ovozi yana chuqurlashib ketdi. Jiminning harakatlari ko'prog'ini olishga intilish bilan shirin og'riqni shakllantirdi. Uning kafti hamon qizning bo'yni atrofida kislorod bilan o'ynashmoqda. Qiz tinimsiz takorlanyotgan yigitning ismi Jiminning butun ahloqsiz hayollarini toshirib chiqarmoqda. Jimin. Yigitning ongi aynan qizning ovozi talaffuz qilgan shu so'z bilangina to'ldi. Yonaning nigohlarini qo'yib yubormagan Jimin behayo erkalashlar bilan qizning yovvoyi xoshini marraga boshlamoqda.  Ko'proq zavq olishga urunish. Oshib borayotgan daqiqalar. Chuqur surilishlarga ulangan och nolalar. Vaqt mazmunini yo'qotgan hayotning bir parchasi. Qiz so'nggi talpinish bilan zavq to'lqinini yigitning tanasiga bo'shatdi. Jiminning buzuq so'zlari endi balandroq va qo'polroq. U ham yaqin. So'nggi onlardagi rohat va yana bir to'lqin bilan Jimin qizning holsiz tanasini bag'riga olgancha yuzini uning bo'yniga ko'mdi. Yona ko'zlarini yumib olgan. Ikkisining ham nafasi tartibni unutgan. Olov bo'lib yonayotgan ikkisining tanasi jipslashgancha cho'qqidan pastlamoqda.

- endi menikisan, - Jimin qizning terisida shivirladi.


***


Choyshablarga o'ranib olgan qiz tanasidagi yengil biroq yoqimli og'riqlardan g'ingshigan ko'yi ko'zlarini ochdi. Uning tanasi hali ham tunggi iliqlik bilan jimirlamoqda. Qo'llarini kengroq yoygan qiz boshqa tomonga o'girilar ekan bo'sh o'rin bilan yuzlashdi. Uning ifori va tafti hatto yigit xonada bo'lmasa ham atrofni qamrab olgan. Yona jilmaydi. Butun tanasi avvalgidan ko'ra tetikroqdek tuyulmoqda unga. Yona ustidagi choyshabni sidirgancha yotoqqa o'tirar ekan aloqadan keyin ham davom etgan Jiminning erkalashlari sabab terisi uzra yoyilgan egalik belgilarini ochdi. O'ringa qulaygina joylashgan qiz xonani qayta ko'zdan kechirgancha hali ham polda betartib sochilgan kiyimlar sabab yanada kengroq tabassum qildi. Xotirjamlik bilan yotoqqa suyanish va Yona o'z yonginasidagi bir qancha qog'oz tahlamlarini endigina angladi. Yengil surilish bilan qog'oz tahlamlarini qo'liga olgan Yona satrlarga ko'z tashladi. Keltirilgan jumlalar qizning aqlini shoshirib qo'ymoqda. Uning qiyofasi o'zgarib biroz avvalgi qoniqqan tabassum tushunarsizlikni kasb etdi. Choyshabni ustiga yaxshiroq o'ragan qiz o'rindan turgancha yotoqxonadan chiqarkan o'z uyida bemalol kezib yurgan yigit bilan yuzlashdi.

- Jimin, - Yona tundagi charchoq tarqamagan xira ovozda xitob qildi. Yigit u tomon o'girilganda tabassum yana behayo ko'rinishga o'tdi.

- xayrli tong, - o'ynoqi ovoz hosil qilgan Jimin oshxonaga kirib ketdi. Yona uning ortidan ergashdi.

 bu nima? - Yona yotoq yonidan topilgan qog'ozlarni oshxona stoliga tashladi.

- shartnoma, - oddiygina javob qildi Jimin.

- biz bu shartnoma o'yinlarini tugatdik deb o'ylagan edim, - Yonaning ovozidagi tushunarsizlik endi jahl bilan aralashib ketdi.

- o'yin? - qiz tomon o'girilgan Jimin qo'lidagi buterbrod solingan likopchani stol ustiga joyladi, - mening bokira farishtam buni o'yin deb hisoblaganmidi? - Jimin hali ham o'sha o'ynoqi ruhiyatda, - sen bilan qilganlarim o'yin emasdi, - aniqlashtirdi Jimin.

- unda bunga qanday izoh berasan? - Yonaning ovozi balandladi, - alqdan ozish mumkin, - Yona qo'llarini stolga tiradi.

- sen o'yin deb atagan bu qog'ozlar ancha jiddiy, bu sen uchun haydovchilik shartnomasi emas, Yona, - Jimin ham endi biroz jiddiy qiyofaga keldi.

- sen aqldan ozgansan, - ishonqiramagan qiz jahl qildi.

- o'sha klubda sarxush ko'zlaringda jilovlanishga muhtoj yovvoyiligingni ko'rgan onimdayoq aqldan ozib bo'lganman, - Jimin buterbrodlardan birini olgancha tishladi, - hammasini o'ylab ko'rishing uchun istagancha vaqt ol. Ishga kelma. Uyda qol. Savollaring bo'lsa menga qo'ng'iroq qil. O'rninga Jaehyuk ishlab turadi. Sen shunchaki men istagan javobni aytsang yetarli, - Jimin qo'lidagi yeguligini qo'yib qizning qarshisiga turdi, - so'z beraman bundan faqat zavqlanasan, - Jimin qizning peshonasidan yengil o'pdi, - endi men ketaman. Sen esa nonushta qil va shartnomani o'rganishni boshla, - Jimin qizning yanoqlarini biroz o'ynagancha chiqish eshigi tomon yurdi. Bir daqiqaga qolmay yo'lakchadan eshikning yopilgan ovozi keldi. U qizni savollarga ko'mgancha yolg'iz holda qoldirdi



(18+ episodega qanday fikr yozish mumkin deb o'tirmaylar. Bundan yomonroqlaridayam fikr aymaganlar bor)









 





















 


























































Report Page