The Zombie virus is back

The Zombie virus is back

Cho Inha @Hyung_Shik_Park

Episode 2

Zombi tarqalishi....bu safsatadan o'zga narsa emas.... deb u ham xonasiga kirdi, joyiga yotib tezda uxlab qoldi.

Erta tong Hayun mazza qilib uxlab yotar ekan, uyqusinu Namini baqirgan ovozi buzdi:

Nami: Hayuuuuun....hayuuuuuun....bu yoqqa kel...buni ko'r deb baqirdi.

Hayun o'rnidan zo'rg'a turib, ko'zini ishqalab mexmonxonaga chiqdi. Nami televizorda tonngi yangiliklarni ko'rayotgan ekan. Bu safar MSK kanalining yangiliklari qo'yar ekan, Hayun Nami nega baqirib, uni chaqirganini bildi.

Boshlovchi: Hurmatli tomoshabinlar, erta tongdan sizlar bilan jonli efir orqali ko'rishib turganimizdan bag'oyatda xursandmiz. 1-yangiligimiz juda muhim bo'lib, diqqat e'tiboringizni bizga qarating. Agar sizlar kecha kanalimizning yangiliklarini ko'rgan bo'lsangiz, bugungi yangiligimiz sizlarga yanada tushunarliroq bo'ladi. Bo'lmasa yangilikni boshlaymiz va navbatni Shin Do Minga va So Ji Aga beramiz!


Shin Domin: Hayrli tong do'stlar! Biz hozirgi efirimizni Angliyadan olyapmiz va barcha say-harakatlarimiz sizlar uchun. Bir necha kun avval Zombi virusiga o'xshash virusni Angliya olimlari yaratganini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Agar siz bu virus haqida to'liq ma'lumot bilmoqchi bo'lsangiz, MSK kanalining rasmiy saytiga kiring va so'nggi yangiliklardan habardor bo'ling! So Ji A: Endi dasturimizga qaytamiz. Kechagi yangiliklarda zombi virusi bilan kasallangan hayvon bir olimni tirnagani va o'sha kishi kecha vafot etganini aytgan edik. Bugungi yangiligimiz shu bilan bog'liq.... Kecha o'lgan o'sha olimni avval tekshiruvdan o'tkazish uchun vaqtinchalik morgga olib borilgan va uni murdasini morgdagi murdalar uchun ajartilgan javonlardan biriga qo'yilgan edi.(Morg haqida yaxshi bilmayman, lekin qo'ldan kelgancha o'xshatishga urinyapman 😌) Kechki soat 21:00 lar atrofida morg qo'riqchisi kameralarni tekshirayotib, o'sha olimning jasadi bo'lgan xonani kamerasiga ko'zi tushgan. U videoda avval murda yotgan joy qattiq qimirlagan, keyin juda qattiq silkinishdan keyin ko'plab javonlar yerga yumalagan. Bu hali hammasi emas. Qo'riqchi nima qilishni bilmay, o'sha murda bor xonaga borgan va ichkariga kirgan. U qattiq qimirlayotgan javonlarni oldiga borib, ularni ko'tarishga harakat qilgan. U 3-4 ta javonni ko'targandan keyin, allaqanday xunuk,boshidan qon oqayotgan, ko'zlari qip-qizil maxluq uni pastga, o'zini oldiga tortgan va yelkasidan tishlagan. Qo'riqchi qancha harakat qilmasin, maxluqni qo'lidan chiqib keta olmagan. Murda uni tishlagandan so'ng biroz jim bo'lib, keyin yana qo'riqchiga tashlagan. U 20-30 daqiqa ichida qo'riqchida sog' va tishlanmagan joy qoldirmaydi. 1 soat o'tmay qo'riqchi ham qancha hujum qilingan bo'lsada, go'yo hech nima bo'lmagandek o'rnidan turadi va xona bo'ylab gandiraklanib aylanadi. Agar sizlar kamera videosini ko'rmoqchi bo'lsangiz, bizni internet saytimizga kiring va maroq bilan tomosha qiling!...

Park Yeonsik: Tomoshabinlar 1-yangiligimizdan sizni taxlikaga solib qo'yganga o'xshaymiz... Havotir olmang biz navbatni bu yilgi sport chempionatlari haqidagi yangiligimizga beramiz......

Nami: Hayun......... Endi nima qilamiz? Bu chindan ham zombi virusi bo'lsachi?

Hayun: Bilmayman.... Davlatimizga bunday virus kirib kelmaydi deb umid qilaman....

Nami: Kinolarda ko'rganimda qaxramonlarning bunchalik qo'rqishidan, kulgim qistardi.... Endi o'zimni huddi kinodek tasavvur qilyapman.....

Hayun: Nimasini aytasan...umuman olganda....agar bu virus tarqalsa va hammamiz qirilib ketsakchi?....

Nami: Yoooooooq....unday bo'lmaydi.....meni qo'rqitma.....!

Hayun: Seningcha ular yolg'on gapirishyaptimi?.... Balki bari rostdir....

Nami: Bilmasam....ammo ishonmayman....bu juda yomon va qo'rqinchliku....

Hayun: Men go'yo oldindan biladigandekman....bu virus butun dunyoga tarqaladi.....hech kim omon qolmaydi...

Nami: Jinnimisan.....menga bu gaplaring yoqmadi va bularni bari yolg'on.....

Hayun: Roat yoki yolg'on ekanligini vaqt ko'rsatadi.....

Hayun kecha tayyorlab qo'ygan kiyimlarini kiyib, uyidan ko'chaga chiqdi. Hali biroz erta bo'lgani uchun ishxonasiga piyoda borishni afzal bildi. Hayun ishxonasiga kelganda Kim Sobin bor edi xolos. Hayun : Salom, Sobin bugun ishga erta kelibsanmi?

Sobin: Erta kelmadim, tuni bilan ishladim...

Hayun: Vooy-vuu ishga shu qadar berilib kettingmi?

Sobin: Shunaqaroq.....

Hayun: To'g'ri sen yangi ishchisan, ammo ishga bunday qattiq berilib ketsang, bu sog'lig'ingga ta'sir qiladi.

Sobin: Tushundim!

Hayun ish stoliga o'tirib, ventelyatorni yoqdi. 1 soat o'tib-o'tmay qolganlar ham kelishni boshladi. Oxirida kelgan janob Cha qandaydir muxim xabar bilan kelibdi emish.

J.Cha: Eshitdingizmi? Sizlar ham eshitdingizmi?

Binna: Senga ham hayrli tong...nimani eshitishimiz kerak?

J.Cha: Hammangiz yaqinroq keling....barini aytib beraman...

Binna: Sen doim shunday qilasan...muxim habar, ajoyib yangilik deb, allaqanday ahmoqona gaplarni aytasan...

J.Cha: Yo'q bu safar unday emas...Ang....demasidan Hayun: Angliyada zombi virusi yaratilibdi........bla-bla-bla....buni tonggi yangiliklarda ko'rgansiz, biz ham ko'rdik o'sha yangiliklarni...!

Binna: Eeee ahmoq...buni biz ham bilamiz...

J.Cha:Kim meni eshitishni hoxlasa oldimga kelsin-dedi, lekin hamma o'z joyiga tarqalib ketdi, hatto ertalabki yangiliklarni ko'rmagan Sobin ham ketib qoldi. Janob Cha xo'rsingancha joyiga o'tirdi.

Tushlik yaqinlashgani sari havo isib, quyosh qattiq qizdira boshladi. Tushlik uchun hech kim ovqat yemadi, hamma muzdek suv va muzqaymoq yedi. Hayun 3 ta muzqaymoq yesa ham, isib ketaverdi, ventilyator qarshisida o'tirdi va bugun deyarli ishlamadi.

Hayun bugun ishdan kech bo'shadi va uyga shoshildi, chunki u bugundan boshlab har kun, kun davomida qo'yiladigan yangiliklarni ko'rishga ahd qilgandi. Uyga yetib borishi bilan yugurib kirdida, oyoq kiymiyu-sumkasini har tomon otib, mexmonxonaga kirdi. Nami kelib televizor tomosha qilyotgan ekan.

Hayun: Nami? Zombilar haqida yangilik ko'rsatildimi?

Nami: Halicha yo'q, senga har daqiqada qo'yolmaydiku, ahmoq qiz....

Hayun: Haaaa....

Hayun ovqatlanmay uxladi.

Hayun kechasi bilan umuman yaxshi uxlay olmadi, tushida ham maxluqlar, zombilarni ko'rdi. U tongda umuman uxlamagandek turib, nonushta qildi. Hotirjam kiyingani uchun, vaqt o'tib, ishiga kech qolishni boshladi. Ko'chada taxi to'xtatib, ish manzilini aytdi. Taxi katta bino qarshisida to'xtadi, Hayun yo'l haqini berib mashinadan tushdi va ishxonasiga kirdi, liftga chiqib, 4-qavat o'rnida turgan F harfini bosib, o'z qavatiga ko'tarila boshladi. U liftdan tushib, o'ng tomonga yurib katta xona oldiga bordi. Hayun eshikdan kirib ulgurmasdan.....

.

_______________________________________

Episode 2 ham sizlarga yoqdi degan umiddaman. Keyingi qismni ham tez orada tashlashga harakat qilaman☺️

Yun_Chonsa

Report Page