The Boring Company

The Boring Company


The Boring Company Ilon Mask tomonidan 2016-yilda tashkil qilingan kompaniya. 2018-yilgacha The Boring Company SpaceX ning tarkibiga kirgan, hozir esa mustaqil kompaniyaga aylangan. Kompaniya yer ostida tunnel qazish, burg`ulash ishlari bilan shug`ullanadi. Kompaniya nomida ham qiziqarli so`z o`yni bor bo`lib, "boring" so`zi inglizchadan tarjima qilinganda bir vaqtning o`zida ham "bu`rgulash" ham "zerikarli" degan ma`nolarni beradi. Ilon Maskning so`zlariga ko`ra Boring Company bu uning uchun ko`proq xobbi hisoblanadi. Chunki, u kompaniya uchun faqat 2-3% vaqtini sarflaydi. Bo`sh vaqtda yangi kompaniya ochish eng ajoyib xobbilardan bo`lsa kerak )

Ilon Mask kompaniyaning birinchi sinov tunneli ochilish marosimida


Ilon Mask vs tirbandliklar

Ilon Mask tirbandliklardan qutilish uchun yo`llarni, huddi shaharlar singari 3D (uch o`lchamga) o`tkazish kerakligini ta`kidlaydi. Buning uchun bizda 2 ta yo`l bor: biri uchadigan mashinalar orqali yo`llarni tepaga ko`chirish; ikkinchisi tunnellar orqali avtomobil yo`llarini yer ostiga ko`chirish. Tushunib yetganingizdek, Ilon ikkinchi yo`lni tanlagan. Bunga ko`plab sabablar bor:

  • uchar mashinalar 100% havfsiz emas. (Boshingizga qulab tushishi mumkin)
  • uchar mashinalar shovqinsiz ucha olmaydi
  • Tunellarni qancha qavat va qancha qator qurilish cheklanmagan. Shuning uchun har bir marshrut uchun alohida yo`l(tunnel) qurish mumkin. Shunda, svetaforlar va chorrahalar bo`lmaydi.
Eng chuqur shaxtalar eng baland binolardan ancha uzunroq. Ilon Mask
  • tunnellarni qurish va undan harakatlanishga ob-havo halaqit bermaydi. Uchar mashinalar esa yomon ob-havoda ucha olmaydi
  • tunnelarni qurish mutlaqo shovqinsiz va ular tashqaridan ko`rinib, shahar chiroyini buzmaydi
The Boring Company tunnellari konsepti

The Boring Company tunnelarini metro bilan solishtirish to`gri emas. Bu tunnelarini yer osti avtomobil yo`llari deyish mumkin. Tunnelarda faqat elektrda harakatlanuvchi, oddiy g`ildirakli transportlar harakatlanadi. A nuqtadan B nuqtaga yetib borish uchun yo`lda umuman to`xtalishlar amalga oshmaydi. Svetoforlar ham bekatlar ham chorrahalar ham bo`lmaydi. Mashinalar esa 200 km/soat tezlikda harakatlanishi mumkin. Bu oddiy mashina yo`llaridan 4-5 marotaba tezroq bo`ladi.


Nega bu shunchalik, zo`r loyiha bo`lsa, shu paytgacha amalga oshirilmagan?

Asosiy sabab har doimgidek loyihaning narxi va moliyalashtirishda. Maskning so`zlariga ko`ra hozirda 1 milya( 1,6 km) tunnel qazishga 1 mlrd dollar ketadi. Ilonning loyhasi amalga oshishi uchun bu narx kamida 10-15 martaga kamayishi kerak.

Qurilishning narxini pasaytirish uchun The Boring Company birinchi navbatda qaziladigan tunnellarning diametrini qisqartirmoqchi. Hozir qaziladigan tunellar diametri odatda 8,5 metrni tashkil qiladi. Ilon Mask esa faqat yengil avtomobillar yurishi uchun mo`ljallangan, 3.6 metr(12 fut)lik tunnellar qazimoqchi. Aylana radiusini ikki marta qisqartirsak, aylana yuzasi to`rt barobarga qisqaradi. Shuning o`zi tunnel qazish uchun ketadigan mablag`larni 3-4 martaga qisqartiradi.

Yana tunnel qazuvchi ulkan burg`ulash mashinalari tunnelni juda sekin qaziydi. Hozirda, eng "tezkor" burg`ulash mashinalari ham oddiy shilliqqurtdan 14 martta sekinroq harakatlanadi. Boring Company ning shu og`riqli mavzusini aks ettiradigan o`zi hos maskoti (omad keltiruvchi hayvoni) bor. Bu Gary laqabli shilliqqurt bo`lib, u Gubka Bob multfilmidagi shilliqurt sharafiga atalgan. The Boring Company ning hozirgi maqsadi tunnel qazishda ushbu shillaqurt tezligiga tenglashib olish.

"Shilliqqurt Gari bilan poyga"

Qazish tezligini oshirish uchun yana burg`ulovchi mashinani avtomatlashtirish va uni elektrda ishlaydigan qilish kerak. Ko`p burg`ulash mashinalari dizelda ishlaydi va bu uning atrofidagi ishchilarning nafas olishini qiyinlashtiradi.

Yana bir muhim jihat, qazishni to`xtovsiz olib borish. Hozirda burg`ulash, tunnel qazish ishlarini faqat 50% ini tashkil qiladi. Vaqtning qolgan qismi esa tunnelni ushlab turuvchi qurilmalarni o`rnatish uchun ketadi. The Boring Company bu ikkita ishni bir vaqtda amalga oshirib ketmoqchi.

The Boring Company burg`ulash mashinasi



Yana boshqa muammolar yechimlari

Tunnellar yer silkinishlariga chiqamli bo`ladi. Chunki, yer qimirlashlari ko`proq yer sirtidagi inshootlarga zarar yetkazadi. Tunnelar esa yer bilan birga qo`zg`aladi. " To`fon paytida suv osti kemalarida bo`lish, oddiy kemalarda bo`lishdan ko`ra havsizroq bo`ladi" -, deydi Ilon Mask. The Boring Company tunnelarida yong`in chiqishi havfi kam, chunki tunnelar devori betondan ishlangan. Buning ustiga ularda metro liniyalarida bo`lgani kabi yuqori kuchlanishli elektr relslar yo`q. Agarda biror elektromobil yonib ketsa, tutun ventilyatsiya tizimi orqali tortib olinadi, odamlar esa evakuvatsiya qilinadi. Qazishma ishlari taxminan 9 metrlar chuqurlikda olib borilgani uchun, yer ustidagi odamlarni qurilish shovqini bezovta qilmaydi. Tunnelga kirish va chiqish joylari metro stansiyalari kabi ko`p joy egallamaydi. Videoda ko`rganingiz kabi liftlar atiga bitta mashina o`lchamlarichalik joy oladi va ular yo`l chetlarida, avtomobil to`xtash joylarida hech kimga haliqit bermaydigan qilib o`rnatiladi.

The Boring Company g`ishtlari

Tunnel qazishga ishlatiladigan mablag`ning 15%i chiqarilgan turproqni yoqotish uchun ishlatiladi. The Boring Company bu pullarni tejab qolishni yo`lini topgan. Ular chiqarilgan tuproqni tashlab yuborish o`rniga undan g`ishtlar yasaydilar va ularning donasini 10 sentdan sotadilar. Kelajakda bunday g`ishtlardan katta hajmli legolar yasash rejalashtirilgan.

Hozircha The Boring Company faqat bitta tajriba tunnelini ishga tushirgan. Kaliforniyadagi 1.6 km lik tunnelni qurishga $10 mln sarflangan. U yerda old g`ildiraklariga maxsus yordamchi g`ildirak o`rnatilgan Tesla Model X harakatlanadi va 1.6 km masofani 1 daqiqada bosib o`tadi.

2021-yilning boshida Las-Vegasda birinchi haqiqiy tunnel ishga tushadi. Yaqin kelajakda, Chikago aeroportida, Vashingtonda va Los-Anjelesda ham tunnellar qazish rejalashtirilgan.


Kelajakdagi rejalar

Agar hammasi rejadagidek ketsa, biz Loop deb ataluvchi yangi, arzon va ekologik toza transport turi paydo bo`lishiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Loop soatiga 4000 ta elektromobillarni, 250 km/soat tezlikda harakatlantira oluvchi tunnellar tarmog`i bo`ladi. U yerda shaxsiy avtomashinalardan tashqari, 16 kishilik jamoat transportlari ham bo`ladi. Narxlar esa hozirgi jamoat transporti narxlari bilan deyarli bir xil yoki undan ham arzonroq bo`lishi kutilmoqda. Ko`pchilik, Ilon Maskning The Boring Company dan asosiy maqsadi kelajakda Marsda koloniyalar qurishda yordam beruvchi sifatli va arzon burg`ulash mashinalariga ega bo`lish deb hisoblaydi.

Loop keyinchalik Hyperloop tarmog`iga ulanib ketishi mumkin. Hyperloop bu samolyotdan ham tezroq harakatlanuvchi, yangi, ekologik toza transport turi bo`lib, u ichidan havo siqib olingan quvurlada harakatlanadi. Hyperloop haqida batafsil keyingi postda o`qishingiz mumkin.

Report Page