Tezkor tadbirda ushlangan farmatsevtika mahsulotlari eskpertizadan o’tkazildi

Tezkor tadbirda ushlangan farmatsevtika mahsulotlari eskpertizadan o’tkazildi

Uzpharmcontrol

Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida tegishli organlar tomonidan yanvar oyida o’tkazilgan tezkor tadbirda 408 ta holatda ushlangan farmatsevtika mahsulotlari ekspertiza qilish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim qilindi.

Ushbu mahsulotlar Markaz laboratoriyalarida tekshirilganda 10006 oʻramdagi dori vositalari va tibbiy buyumlaring tibbiyot amaliyotida qoʻllash mumkin emasligi aniqlandi. Jumladan:

🔘 2115 oʻram - davlat roʻyxatidan oʻtgan;
🔘 2756 oʻram - davlat roʻyxatidan oʻtmagan;
🔘 2756 oʻram - muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan;
🔘 2115 oʻram - muvofiqlik sertifikati mavjud;
🔘 241 oʻram - yorliqlash koʻrsatkichi boʻyicha (kontrafakt);
🔘 23 oʻram - yaroqlik muddati tugagan (sifatsiz);
🔘 46 oʻram – qalbakilashtirilgan.

Tahlillar natijasi bo’yicha tegishli xulosalar ta’sir choralarini ko’rish uchun Huquqni muhofaza qilish organlarga taqdim qilindi.

Eslatib oʻtamiz, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi!

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi
markazi matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Report Page