Tezislarni taqdim etish jarayoni ochildi: Toshkentda Markaziy Osiyo cho’l tashabbuslari doirasida (CADI) bo'lib o'tadigan xalqaro konferentsiya
Markaziy Osiyo cho’l tashabbuslari doirasida (CADI) 2021 yil 1 iyuldan tezislar taqdim etish jarayonini boshlandi. Ushbu tadbir cho'llar ekotizimlarining ahamiyati to'g'risida xabardorlikni oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Tezislar tanlovidan muvaffaqiyatli o’tgan ishtirokchilar bo’lib o’tadigan Konferentsiya davomida o'z ishlarini taqdim etish uchun imkoniyati yaratiladi. Shu bilan birga, tanlangan tezislar to'plam sifatida nashr etiladi va ma'ruzalarning to’liq matni konferentsiya materiallariga kiritiladi.
Tezislarni qabul qilish 2021 yil 31-iyulga qadar davom etadi.
Tanlangan tezislar 2021 yil 15 sentyabrgacha e'lon qilinadi. Mualliflardan to'liq maqolalarni 2021 yil 15-oktabrgacha topshirishlari talab qilinadi.
Quyidagi mavzular bo'yicha tezislarni taqdim etish taklif etiladi:
1. Bioxilma-xillik va ekotizimni muhofaza qilish
2. Cho’l hududlarida hayvonlarning transchegaraviy migratsiyasi
3. Himoyalangan hududlar
4. Cho'llardagi qishloq aholisining turmushini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish joylarini yaratish
5. Iqlim o'zgarishi va cho'llanishga qarshi kurash
6. Tabiiy resurslarni kompleks boshqarish, shu jumladan, barqaror yer va yaylovlarni boshqarish
7. Saksovul (Haloxylon ssp.) cho'l o'rmonlari
8. Ma'lumotlarni yig'ish va tarqatish bo'yicha eng yaxshi tajribalar
9. Cho'l hududlarida suv resurslaridan barqaror foydalanish (shu jumladan an'anaviy bilimlar)
10. Cho'l hududlarida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish
11. Cho'llarda qishloq xo'jaligini rivojlantirish istiqbollari
12. Cho'l ekotizimlariga tegishli boshqa mavzullar
Tezislar ingliz yoki rus tillarida yozilishi va 500 so'zdan oshmasligi kerak.
Tezislar va savollar quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi kerak: Nargizakhon.Khujaeva@fao.org
Batafsil ma'lumot: http://www.fao.org/europe/resources/priemtezisov/ru/