Тест синовлари натижасидан норози бўлган абитуриентлар апеллация аризаларини my.uzbmb.uz сайтида (шахсий кабинети орқали) онлайн тарзда 18 августдан 27 августга қадар беришлари мумкин

Тест синовлари натижасидан норози бўлган абитуриентлар апеллация аризаларини my.uzbmb.uz сайтида (шахсий кабинети орқали) онлайн тарзда 18 августдан 27 августга қадар беришлари мумкин


Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги директори маслаҳатчиси Зоҳид Шакаров маълум қилди.

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–81-son Farmoniga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq o‘tkazildi. Bunda:

 Test sinovlari joriy yil 1425-iyul kunlari o‘tkazildi.

 Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning tanlov bosqichi esa 27–10-avgust kunlari o‘tkazildi. Mazkur muddat davomida abituriyentlarga test sinovlarida to‘plagan ballidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyati berildi.

Tanlov natijalari belgilangan muddatda –17-avgust kuni e’lon qilindi.

Tanlov natijalariga ko‘ra 186 871 nafar abituriyent bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etildi.

Shundan:

davlat granti asosida – 41 153 nafar;

to‘lov-kontrakt asosida –145 718 nafar. Bunda:

 kunduzgi ta’lim shakliga:

davlat granti asosida – 39 903 nafar;

to‘lov-kontrakt asosida – 84 132 nafar;

 sirtqi ta’lim shakliga:

davlat granti asosida(imtiyozli) –1 046 nafar;

to‘lov-kontrakt asosida – 48 555 nafar;

 kechki ta’lim shakliga:

davlat granti asosida(imtiyozli) – 153 nafar;

to‘lov-kontrakt asosida – 8 455 nafar;

 masofaviy ta’lim shakliga:

davlat granti asosida(imtiyozli) –51 nafar;

to‘lov-kontrakt asosida –4 576 nafar;

 Talabalikka tavsiya etilganlarning 14 230 nafarini imtiyozli qabul parametrlari doirasida qabul qilinganlar tashkil etadi. Shundan:

davlat granti asosida –10 494 nafar;

to‘lov-kontrakt asosida –3 736 nafar.

 Yakuniy tanlov natijalariga ko‘ra:

davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 121,7 ni;

to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 94,7 ni tashkil etdi.

Talabalikka tavsiya etilganlarning 120 845 ming nafarini joriy yil bitiruvchilari tashkil etadi.

 Ma’lumki, joriy yilda oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bir vaqtda o‘tkazildi. Yangi tartibga ko‘ra professional ta’lim muassasalariga tanlov oliy ta’lim muassasalarining tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng o‘tkaziladi. Shunga ko‘ra oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

 Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda

18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.


Report Page