Tesler qonuni
Abdulaziz Bekturdiyev
Murakkablikni saqlash qonuni sifatida ham tanilgan Tesler qonuni har qanday tizim uchun kamaytirilmaydigan murakkablik miqdori mavjudligini bildiradi. Ya'ni, soddalashtirishga urunish albatta katta yutuq, lekin har qanday tizimda mutlaq soddalashtirish imkoni yo'q. Tizim baribir qaysidir miqdorda murakkablikni saqlab qoladi.
Kelib chiqishi
1980-yillarning oʻrtalarida Xerox PARC kompaniyasida ishlayotgan Larri Tesler foydalanuvchilarning ilovalar bilan oʻzaro munosabati xuddi dasturning oʻzi kabi muhim ekanini tushundi. Dan Safferning "O'zaro ta'sirni loyihalash" kitobi Larri Tesler bilan intervyuni o'z ichiga oladi, unda murakkablikning saqlanish qonuni tasvirlangan. Intervyu UX va Interaksiya dizaynerlari orasida mashhurdir. Larri Teslerning ta'kidlashicha, ko'p hollarda muhandis dasturning murakkabligini kamaytirish uchun qo'shimcha hafta sarflashi kerak, aksincha, qo'shimcha murakkablik tufayli millionlab foydalanuvchilarni dasturdan foydalanish uchun qo'shimcha daqiqa sarflashi kerak. Biroq, Bryus Tognazzini odamlar o'z hayotlarida murakkablik miqdorini kamaytirishga qarshi turishni taklif qiladi. Shunday qilib, dastur soddalashtirilganda, foydalanuvchilar murakkabroq vazifalarni bajarishga harakat qila boshlaydilar.
Dizaynda ishlatilishi
UX dizaynda tizimlarni soddaroq ishlab chiqishga targ'ib qilinadi. Masalaning asl mohiyati bu odamlar. Tizimlar odamlarga "cognitive load - kognitiv yuk" yuklamasligi kerak. Kognitiv yukni, juda sodda tarzda Steve Krug o'zining "Meni o'ylashga marbur qilmang" kitobida tushuntirgan. Kitob nomining o'zi kognitiv yukni ifodalaydi, yani odamlarni o'ylashga majbur qilmang.
Lekin bu yo'nalishda fikrlar ekanmiz, bir faktorni unutmaslik lozim, bizning miya qaysidir darajada qiyinchilikni yaxshi ko'radi. Juda sodda narsalardan odamlar tez zerikadi. Shunday ekan, tizimlarni soddalashtirishda qaysidir darajada murakkablikni saqlab qolish kerakki odamlarda o'sha qiyinchilikni yengib o'tishga ishtiyoq bo'lsin.
Har qanday tizimda "learning curve - o'rganish vaqti" bor. Bu narsani yo'q qilishning iloji yo'q, ammo uni kamaytirishning iloji bor. Yangi tizimga foydalanuvchilar tez moslasha olishsa, tizimning murakkabligi bilinmaydi.
Buning uchun tizimlarni odamlarning "Mental model - aqliy modeli" ga moslab chizish kerak. Don Norman (UX ning otasi) o'zining "Kundalik narsalarning dizayni" kitobida aqliy model haqida batafsil tushuntirgan. Uning takidlashicha, har bir inson o'zi interaksiya qilayotgan interfeysni aqlida modelini yaratadi. Masalan, Samsung kompaniyasi yangi aqlli telefon ishlab chiqibdi deyilsa, siz o'sha telefonni hali ko'rmasdan turib tasavvuringizda modelini yaratasiz. Uning orqasida bir nechta kamerasi bor, oldida katta va tiniq ekrani mavjud. Uning ichida turli tuman ilovalar va minglagan imkoniyatlar mavjud. Manashu tasavvuringizda hosil bo'lgan model, sizning boshqa telefonlar bilan qilgan interaksiyangiz oqibatida shakllangan.
Siz qancha ko'p interfeyslar bilan interaksiya qilgan bo'lsangiz, sizning aqliy modelingiz shuncha yaxshi rivojlangan bo'ladi. Endi siz har qanday qiyin interfeyslarni tezlik va osonlik bilan ishlatib keta olasiz. Shuning uchun ham 15-30 yoshlilarga tizim qilish va ularni bu tizimga o'rgatish oson.
Soddalashtirish jarayonida tizim kimlar uchun qilinganiga qattiq e'tibor berish kerak. Masalan, agar tizim yosh avlod uchun bo'lsa, Tesler takidlaganiday tizimni murakkabligini saqlash yaxshi effekt beradi. Agar tizim katta yoshdagilar, masalan 50 yoshdan ketta bo'lganlarga mo'ljallangan bo'lsa, unda soddashtirish zarur bo'ladi. Chunki bu yoshdagi insonlarning aqliy modellaridagi interfeyslar hozirgi kunda deyarli ishlatilmaydi. Ular uchun telefon bu bir gala tugmalarga ega bo'lgan, va kichkinagina ekranchasi bor bir devays holos.
Soddalashtirish yoki murakkablikni saqlashda foydalanuvchilarning aqliy modellarini e'tiborga olish zarur.
Xulosa
- Barcha jarayonlarda soddalashtirish mumkin bo'lmagan murakkablik yadrosi mavjud va shuning uchun tizim yoki foydalanuvchi tomonidan qabul qilinishi kerak. Bu murakkablik shkalasi foydalanuvchilarning aqliy modellariga qarab belgilanadi.
- Dizayn va ishlab chiqish jarayonida murakkablikni nazorat qilish orqali foydalanuvchilardan imkon qadar ko'proq yuk olib tashlanishiga ishonch hosil qiling.
- Interfeyslarni juda soddalashdan ehtiyot bo'ling. Bazan soddalik odamlarni bezdiradi.